1-Amaliy mashg‘ulot. 1-Mavzu: Matlab amaliy paketida ishlash



Yüklə 243,26 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü243,26 Kb.
#159753
1   2   3   4   5   6   7
format rat

Sonlar ketma-ketligining yaqinlashuvchi qiymati

format long

Sonlar ketma-ketligining barchasini oladi

sqrt(x)

Ildizdan chiqrish

pow2(x)

2x darjaga ko‘taradi

pi

π ning qiymatini beradi

primes(x)

x gacha bo‘lgan sonlar qatorini chiqaradi

rat(x)

x ni kasr ko‘rinishda chiqaradi

factorial(x)

x faktorialni hisoblaydi

abs(x)

Modulga olish

inf

Cheksizlik

NaN

aniqmaslik 0/0 yoki -∞/+∞

1.2-jadval. Trigonometrik funksiya elementlari.

Funksiya

Funksiyaning sintaksisi

sin(x)

Sinusni hisoblash;

cos(x)

Kosinusni hisoblash;

tan(x)

Tangensni hisoblash;

asin(x)

Arksinusni hisoblash;

acos(x)

Arkkosinusni hisoblash;

atan(x)

Arktangensni hisoblash;

atan2(y, x)

Arktangensni koordinata nuqtalari orqali hisoblash.

1.3-jadval. Kompleks sonlar.



Funksiya

Funksiyaning sintaksisi

abs(z)

kompleks sonning modulini olish

angle(z)

kompleks sonning fazasini olish

real(z)

haqiqiy son z

imag(z)

mavhum son z

conj(z)

kompleks z sonni hisoblash

complex(a,b)

kompleks son a+ib ni hisoblash

isreal(z)

orqaga qaytish, agar z –haqiqiy bo‘lsa.

1.4-jadval. Taqqoslash va mantiqiy ifodalar.

Funksiya

Funksiyaning sintaksisi

<

dan kichik

<=

kichik yoki teng

>

katta

>=

katta yoki teng

==

teng

~=

teng emas

&

va

|

yoki

~

emas

1.5-jadval. Son qiymatlarni yaxlitlash bloki.

Funksiya

Funksiyaning sintaksisi

fix(x)

kasr qismini tashlab yuborish yo‘li bilan yaxlitlash;

floor(x)

kichik eng yaqin butun songacha yaxlitlash;

ceil(x)

katta eng yaqin butun songacha yaxlitlash;

round(x)

eng yaqin butun songacha yaxlitlash;

mod(x,y)

birinchi kirish signalini ikkinchisiga bo‘lishdan qoladigan qoldiqni ishorani hisobga olgan holda hisoblaydi;

rem(x,y)

birinchi kirish signalini ikkinchisiga bo‘lishdan qoladigan qoldiqni hisoblaydi.

1.7-jadval. Matritsa ustida bajariluvchi funksiyalar.



Funksiya

Funksiyaning sintaksisi

zeros (m, n)

Nolli matritsa hosil qiladi

eye (m, n)

Birlik matritsa hosil qilsih

rand (m, n)

0,1 oraliqdagi sondan iborat tasodifiy matrisa hosil qiladi

hadamard(n)

N˟N o‘lchamdagi Adamar matrisa hosil qilish

hild(n)

N˟N o‘lchamdagi Gilbert matrisa hosil qilish

invhild(n)

N˟N o‘lchamdagi teskari Gilbert matritsa

tril(A)

Pastki uchburchak matritsani tanlash

triu(A)

Yuqori uchburchak matritsani tanlash

diag(A,n)

Diagonal matrisa

inv(A)

Teskari matrisa

det(A)

Aniqlovchi

sum(A)

Ustun bo‘yicha barcha elementlar yig’indisi

mean(A)

Matritsa ustuni o‘rtacha qiymati

std(A)

Matritsaning o‘rta kvadratik og’ishi

sort(A)

O‘sish tartibida joylashtirish

Izoh: Matlab tizimi ma’lumotnomasida barcha Toolboxlar, ularning buyruqlari va ularni ishlatishga doir ayrim ko’rsatma hamda namunaviy misollar berilgan bo’lib, foydalanuvchini o’ziga kerakli bilimlarni mustaqil egallashida muhim ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda asosiy standart funksiyalar va ularning Matlab dagi yozilish qoidalari keltirilgan.


1.8-jadval. Matlabning standart funksiyalari



Matematik yozuvda

Matlabdagi yozuvda

Matematik yozuvda

Matlabdagi yozuvda

e x

exp(x)

arcsin x

asin(x)

ln x

log(x)

cos x

acos(x)

lg (x)

log10(x)

arctg x

atan(x)

log2 x

log2(x)

arcctg x

acot(x)

X

sqrt(x)

shx

sinh(x)

|x|

abs(x)

chx

cosh(x)

sin x

sin(x)

cthx

tanh(x)

cos x

cos(x)

thx

coth(x)

tg x

tan(x)

arcch

acosh(x)

ctg (x)

cot(x)

arccth

acoth(x)

sec (x)

sec(x)

arccosech

acsch(x)

cosec x

csc(x)

arcsech

asech(x)

Izoh: Matlabda bundan tashqari turli-tuman maxsus funksiyalarni qiymatlarini hisoblash uchun mo’ljallangan buyruqlar ham mavjud. Bu buyruqlarni hisoblashda ASPEN tizimining maxsus funkiyalaridan (ASPEN tizim yadrosida mavjud) foydalaniladi. Bu buyruqlarni >>help elfin va>> help mfunlist kabi buyruqlarini berish orqali batafsil ko’rish mumkin.
Matlab muhitida ikki o’lchovli grafika. Matlab tizimining eng katta xususiyatlaridan biri, unda grafik chizish imkoniyatini mavjudligidir. Matlabda grafiklarni har xil koordinata sistemalarda qurish mumkin. Bulardan to’g’ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi, polyar koordinatalari, sferik va silindrik sistemalarni keltirish mukin. Undan tashqari koordinatalrni bir sistemadagi ko’rinishidan boshqa ko’rinishga o’tkazish mumkin.
Biror bir sistemada grafik chizish uchun umumiy bo’lgan ba’zi koordinatalarni keltiramiz:
1.9-jadval. ikki o’lchovli grafik funksiyalar.

Funksiya

Funksiyaning sintaksisi

plot(x,y)

x va y vektorlarning dekart tekisligidagi grafigini hosil qiladi;

plot(y)

y ning y-vektor elementlari nomerlarga nisbatan grafigini yasaydi;

semilogx (x, y)

“x”ni logarifmi grafigini “y”ga nisbatan grafigini yasaydi;

semilogy (x, y)

“x”ning grafigini “y”ning logarifmiga nisbatan grafigini yasaydi;

loglog (x, y)

“x”ni logarifmini “y”ni logarifmiga nisbatan grafigini yasaydi;

polar (x, y)

qutb koordinatalaridagi grafik

stem (x, y)

y massiv elementlarini vertikal chiziqlar sifatida x massivida aniqlangan o'rinlarda chizadi

stairs (x, y)

y massivning elementlarini x massivida ko'rsatilgan o'rinlarda qadam funksiyasi sifatida chizadi

title(‘matn’)

matnni grafikning ustiga joylashtiradi.

xlabel(‘matn’)

“matn”ni “x” o’qi ostiga yozadi;

ylabel(‘matn’)

“matn”ni “y” chap tomoniga yozadi;

zlabel(‘matn’)

matnni 3D chizma o'qi bo'ylab joylashtiradi.

text (x, y,’matn’)

“matn”ni (x,y) nuqtaga yozadi;

legend ('matn1', 'matn2', ...)

joriy diagrammaga ko'rsatilgan matn satrlari ko'rinishida tushuntirish qo'shadi.

meshgrid (x, y)

xy tekisligidagi to‘rni ikki o‘lchovli X, Y massivlar sifatida o‘rnatadi

axis ([xmin, xmax, ymin, ymax])

faol grafik oynasi uchun x, y masshtabini o'rnatadi.

grid (on yoki off)

koordinatalar sistemasida to’rni hosil qiladi yoki o’chiradi;

hold (on yoki off)

joriy chizmani va o'qlar ob'ektining xususiyatlarini saqlash rejimini yoqadi yoki o’chiradi;

subplot (m, n, p)

 grafik oynani bir nechta pastki oynalarga bo'lib, yangi o'qlar ob'ektlarini yaratadi; m qiymati oynaning gorizontal ravishda nechta qismga bo'linganligini, n - vertikal va p - keyingi diagramma ko'rsatiladigan pastki oyna raqamini ko'rsatadi.

Dekart koordinatalar sistemasida grafik chizish (x,y) juftligini qiymatlafini berib, hosil bo’lgan nuqtalarni kesmalar bilan tutashtirish orqali hosil qilinadi. Demak (x,y) juftliklar soni qanchalik ko’p bo’lsa grafik ham shunchalik silliq va aniqroq bo’ladi. Juftliklar avvaldan berilgan bo’lishi yoki ma’lum funksiyaning argumenti va qiymatlaridan hisoblab hosil qilinishi mumkin. Masalan, funksiyaning xє[0,2] dagi grafigini chizish kerak bo’lsa, u holda quyidagi komadalar ketma-ketligi yetarli bo’ladi:
>> x=0:1:2;
>> y=exp(x);
>> plot(x,y)
>>


Plot(x,y)- komandasi grafik oynani ochadi. Yangi komandani e’lon qilish kursorni komandalar darchasiga o’tkazishimiz kerak.Darcha qayta chizmaslik uchun … (qatorni davomi) belgisini ishlatish mukin.
>> plot(x,y)...
>> grid,...
>> title('korsatkichli funksiya'),...
>> xlabel('x'),...
>> ylabel('exp(x)'),...
Ko’pincha grafik komandalar M-faylga joylashtiriladi (Ishchi fayl yoki fayl funksiyalar). Bu usul xatoliklarni to’g’rilash uchun yaxshi imkoniyat beradi.
x:0.:1:10;
loglog(x,sin(x),’--ob’);
grid on


Bu yerda ‘--’ -liniya turi, ‘0’-aylana tugun nuqta turi, ‘b’-havorang liniya rangi.
>> x=0:0.5:10;
>> semilogy(x,sin(x),'--or')
>> grid on

Namuna:
t = [0:.1:2*pi];


sig = sin(t)
Yüklə 243,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə