Gap sintaksisi va matn sintaksisi haqida ma'lumot reja



Yüklə 31,66 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü31,66 Kb.
#167073
GAP SINTAKSISI VA MATN SINTAKSISI HAQIDA MA\'LUMOT GAP SINTAKSISI VA MATN SINTAKSISI HAQIDA MA\'LUMOT


GAP SINTAKSISI VA MATN SINTAKSISI HAQIDA MA'LUMOT GAP SINTAKSISI VA MATN SINTAKSISI HAQIDA MA'LUMOT
REJA:

  1. Til stilistikasi sintaktik ifoda vositalari

  2. Inversiya haqida

  3. Gap sintaksisi va matn sintaksisi haqida ma'lumot gap sintaksisi va matn sintaksisi haqida ma'lumot

Tarixdan ma’lumki, gaplar va ularning turlari, ular orasidagi bog’lanishlar haqidagi ta’limotlar qadimda ritorika doirasida paydo bo’lgan. Ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ngina bu soha grammatikaning ichida o’rganila boshlangan. Ritorikada asosan gap bo’laklarining joylashuvi muammosi tadqiq qilinardi. Gaplarni grammatika doirasida tadqiqi qilinishi izlanishlarning obyektini bir muncha kengaytirdi. Bunda gap bo’laklari o’rtsidagi sintaktik aloqalar va gaplarning o’zaro bog’lanish muammolari birinchi o’ringa olib chiqildi.


Til stilistikasi sintaktik ifoda vositalarini va nutqqa alohida ifoda mazmunini beradigan sintaktik stilistik usullarni o’rganadi.
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so’z turkumlari va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarni o’rgansa, sintaksis so’z birikmasi, gap va uning turlari, gap bo’laklari, undalma, kirish, kiritma konstruksiyalar kabi birliklarni o’rganadi. Sintaksisda “sintaktik bog’lanish” tushunchasi bor. Biz sintaktik bog’lanish deganda so’z va so’z birikmalari o’rtasidagi sintagmatik aloqani tushunishimiz kerak. Sintagmatik aloqa nutqdagi turli til birliklarining orasida kuzatiladi.[1] Masalan:
1) fonemalar o’rtasida: [a] [s] [k] – ask
2) morfemalar o’rtasida: un + happy
3) so’zlar o’rtasida: I, like, him – I like him
4) so’z birikmalari o’rtasida: “Jack and Nick”, “work at the hotel” – Jack and Nick work at the hotel.
5) gaplar o’rtasida: “I’m a student”, “she is a worker” – I’m a student, but she is a worker.
Sintaktik bog’lanishning quyidagi turlari bor:
1) teng bog’lanish (I and Nick came.: I came, Nick came)
2) tobe bog’lanish (A tall boy came.: A boy came, A tall came – impossible)
3) predikativli bog’lanish (Nick came.: Nick – subject, came – preticate)
4) atributiv yoki apositiv bog’lanish (Pretty girl came here. Singer Nick is here)
“Sintaksis uslubni belgilaydi” deydi amerikalik tadqiqotchi Richard Oman. Haqiqatda, nutqni hosil qilishdagi asosiy sistema bo’lgan sintaksisning har qanday nutq birliklarining tuzilishi va uslubidagi ahamiyatini ta’kidlamasdan ilojimiz yo’q. asosiy sintaktik birlik gapdir. Aynan gaplarning tuzilishi, tugallanganligi va uzun-qisqaligida og’zaki va yozma nutq o’rtasidagi farqlar ko’rinadi. Sintaksisning nutq uslubini yaratishdagi ahamiyati antik davr olimlarining qarashlarida ham o’z aksini topgan. Masalan, Aristotel o’zining “Ritorika” asarida nutqning tinglovchiga ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladigan o’ziga xos turli sintaktik qurilmalar xosil qilish usullari haqida batafsil to’xtalib o’tgan. Aksariyat sintaktik stilistik usullarning asosiy vazifasi biror bir nutq birligini uning o’sha nutqdagi o’rnini o’zgartirish orqali gapda ajratib ko’rsatib, yetakchi o’ringa olib chiqish. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda sintaksisning asosiy faktorlari hisoblanmish gap tuzilishi va uning uzunligi bilan bir qatorda gapdagi epizodiklik va ixtiyoriylik xarakteriga ega bo’lgan maxsus sintaktik tuzilmalarni ham ko’rib chiqamiz. Ritorik shakllarni qoida bo’yicha va qoidadan tashqari hollarda uchrashini tahlil qilish ingliz tilidagi sintaktik stilistik vositalarning paydo bo’lishini chuqurroq tushunib yetishga imkon yaratadi.
Ma’lumki, sintaksis tadqiq qiladigan asosiy birliklar so’z birikmalari va gaplardir. So’z birikmasi – semantik va strukturaviy jihatdan bir-birini taqozo qiladigan kamida ikkita mustaqil so’zlarning birikishidan hosil bo’lgan birlik. Ingliz tilida so’z birikmalarining quyidagi turlari bor:
1) teng bog’langan: Nick and Jack, boy and girl, the sun and the moon;
2) tobe bog’langan: beautiful girl, good doctor, politially active;
3) predikativli: Nick’s singing, him to sing, him changed, it being dark.
So’z birikmalari o’zaro sindetik va asindetik bog’lanishi mumkin. Sindetik bog’lanish deganda biz, bog’lovchilar orqali bog’lanishni tushunamiz (everybody but him, he and she, neither Jack nor Nick), asindetik bog’lanish deganda esa, hech qanday qo’shimchalarsiz bog’lanishni tushunamiz (handsome boy, Nick the singer, King Arthur).
Shu o’rinda biz so’z, so’z birikmasi va gap o’rtasidagi farqni bilib olishimiz kerak.
A house – so’z;
A large house – so’z birikmasi;
I have a large house – gap.
Gap deb tugallangan fikrni ifodalovchi so’zlar yig’indisiga aytiladi.
Stilistika uchun tilshunoslikning ushbu sathidagi barcha tushunchalarni izohlashda hamma narsani e’tiborga olish muhim hisoblanadi. Bular qatoriga sintaktik sinonimiya, ya’ni bir mantiqiy ma’noni ifodalovchi axborotni turli stilistik vazifa va bo’yoqdorlikka ega bo’lgan turli sintaktik konstruksiyalar orqali berish ham kiradi.
Step I here! – In here! What a moment! – Just a moment!
Stilistik ta’sir emtsional, ekspressiv bo’yoqdorlikka ega bo’lgan bir necha sintaktik konstruksiyalar va bitta an’anaviy sintaktik aloqalar qo’llanilgan holda tuzilgan neytral sintaktik konstruksiyadan tarkib topgan sinonimik qatorni hosil qilishga asoslangan. M.D. Kuznets va Y. M. Skrebnevalar o’z ishlarida nutq ta’sirchanligini oshiruvchi sintaktik qurilmalarni ularning qoida bo’yicha qoidadan tashqari hollarda kelgan ko’rinishlari bilan birgalikda guruhlashtirgan. Ushbu mualifflarning tamoyillariga suyangan holda sintaktik birliklarni quyidagi ketma-ketlikda ko’rib chiqamiz:
• Inversiya (odatdagi gap tartibining o’zgarishi);
• Transpozitsiya (sintaktik qurilmalarni o’rnini o’zghartirish);
• Takror (yangi ma’lumot olib kirmaydigan elementlarning kiritilishi: polisindeton, xiazm, anadiplozis);
• Zarur elementlarni tushirib qoldirish (asindeton, ellipsis);
• Kiritma konstruksiyalar.
Ingliz tilida har bir gap bo’lagining gap turi va sintaktik ifodalanishiga ko’ra o’zining odatiy o’rni mavjud. Keling, buni darak gap misolida ko’rib chiqamiz.
Ba’zi hollarda gapdagi bu qat’iy tartib o’zgarishi ham mumkin.
1. Gapda there is birikmasi ishlatilgan bo’lsa, teskari so’z tartibi qo’llaniladi:
There is table in that room.
2. Muallif gapi ko’chirma gapdan keyin kelsa:
“I’m glad to see you”, said the old man kindly. (VSO)
3. Here, there ravishlari bilan bogshlangan egasi ot bilan ifodalangan gaplarda:
Here is the book you are looking for. (OSV)
Lekin: yuqoridagi ikki holatda gap egasi kishilik olmoshlari bilan berilgan bo’lsa to’g’ri so’z tartibi qo’llaniladi:
“I don’t smoke”, he said.
Here he comes.
4. Hol bilan boshlangan, ot bilan ifodalangan egali o’timsiz fe’llar bilan berilgan kesimli gaplarda:
From the window came the sounds of music.
5. Never, hardly, scarcely(arang), seldom, little(oz), in vain (behudaga), neither, nor(…masa ham), not …only(faqat…emas), no sooner… than(…masdan oldin) kabi ravish va bog’lovchilar bilan boshlangan gaplarda.
Never in my life have I seen such a thing.
In vain did we try to makr him do it.
6. Bog’lovchisiz bog’langan shart ergash gaplarda:
Were I to see him tomorrow, I should ask him about it.
7. So do I, Neither do I kabi gaplarda:
“I get up early”.
“So do I ” .
Inversiya (lot. “ag’darish, o’rnini almashtirish”) – gap bo’laklariningodatdagi tartibini o’zgartirish asosida yuzaga keluvchi sintaktik usul, stilistk figura. Inversiya gapdagi biron birso’z yoki so’z birikmasini emfatik yoki mantiqan ajratish, she’riy nutqni ritmik intonatsion jihatdan tashkil etishkabi maqsadlarda qo’llaniladi. Inversiya she’riy nutqda eng ko’p qo’llanuvchi, deyarli barcha she’rlarda uchraydigan sintktik usuldir. Inversiya ma’no urg’usi tushayotgan so’zni ta’kidlab ko’rsatish, uni misradagi urg’uli pozitsiaga o’tkazish imkonini beradi.[2] Masalan:
….So bitter it is that death is hardly worse!
But to describe the good discovered there
I here will tell the other things I saw…
( DANTE ALIGHIERI. “THE DIVINE COMEDY”)
Inversiya o’zaro sintaktik bog’langan gap bo’laklarining joylashuviga qarab aniqlanadi. Ingliz tilida inversiyani juda erkin deb bo’lmaydi. Gapdagi so’zlar tartibining almashinuvi ma’lum qoidalarga bo’y sungan holda amalga oshiriladi. Masalan, ega fe’ldan keyin kelishi mumkin, ammo artikl va ko’rsatish olmoshi albatta o’zlari tegishli bo’lgan otdan oldin kelishi kerak. Ba’zan so’z o’rnining almashinuvi gapdagi sintaktik aloqlarni va shu bilan birga gapning umumiy mazmunini ham o’zgartirib yuboradi:
When a man wants to kill a tiger he calls it sport; when a tiger wants to kill a man it is ferocity.
Ba’zan esa grammatik va ta’sirchanlik vazifasini bajaradi:
I had known it. – Had I known it. – If I had known it.
Bu yerda ikkinchi misol birinchisidan Grammatik ma’nosi bilan farq qilyapti, uchinchsidan esa ta’sirchanligi bilan.
His-tuyg’u bilan aytilayotgan gap bo’lagini ajratib ko’rsatish og’zaki nutq uslubiga xos elementlardan sanaladi:
“Flowers! You wouldn’t believe it, madam, the flowers he used to bring me”. (K. Mansfield “Lady’s Maid” ).
Yuqoridagi misolda qiz dastlab uni hayajonga slogan narsani aytyapti va undan so’ng vaziyatga oydinlik kirityapti. Bunday holatlarda ma’no kuchaytirishning sintaktik vositasi sifatida it is …. that konstruksiyasi ishlatilyapti. It is…that…birikmasi ma’lum bir gap bo’lagiga urg’u berib, ajratib ko’rsatmoqchi bo’lganimizda ishlatiladi. Masalan, I met Ann in the park. Gapida egaga urg’u bermoqchi bo’lsak, It was I that met Ann in the park. ( Annani bog’da men uchratdim.) tarzida beriladi. Agar to’ldiruvchiga urg’u bersak, It was Ann whom I met in the park. (Men bog’da Annani uchratdim. ) bo’ladi. O’rin holini ajratib ko’rsatmoqchi bo’lsak, It was in the park that I met Ann. (Men Annani bog’da uchratdim.) Bu birikma until(till) mavjud bo’lgan bo’lishsiz gaplar tarjimasini o’zgartiradi. M.:
She didn’t know the truth until she returned home. (U uyiga qaytmaguncha haqiqatni bilmadi.)
It was not until she returned home that she knew the truth. (Faqat uyga qaytgandan keyingina u haqiqatni bildi.)
Kitobiy nutqda esa bunday effekt aksincha, asosiy elementni gapning oxiriga qo’yish orqali amalga oshiriladi. Bu o’quvchini hayajonda ushlab turish uchun kerak bo’ladi, chunki gapning asosiy maqsadining ko’rsatib beruvchi bo’lak o’quvchi gapni oxirigacha o’qib bo’lmaguncha noma’lum bo’ladi.
Nasrda eganing kesimdan keyin kelishi uslubga dabdaba, ko’tarinkilik yoki ohangdorli beradi. Quyida inversiyaning bir necha turlarini keltirib o’tamiz:
1) ot yoki sifat bilan ifodalangan predikativ ega yoki bog’lovchi fe’ldan oldin kelishi mumkin:
Beautiful those donkeys were! (K. Mansfield “Lady’s Maid”)
Inversiyaning bunday turi og’zaki nutqda ko’p uchraydi. Kitobiy nutqda ko’proq bog’lovchi fe’l bilan eganing o’rin almashinishi kuzatiladi:
Uneasy lies the head that wears a crown. (W. Shakespeare )
Fe’l-kesimning ajratib ko’rsatishning yana bir usuli uni egadan oldin qo’yib, keyin esa biron bir yordamchi fe’l yoki modal fe’lni qo’yishdir:
Go I must.
2) vositasiz to’ldiruvchi gapning boshida kelishi mumkin:
Her love letters I returned to the detectives for filling. (G. Greene “End of the Affair” )
3) sifat bilan ifodalangan aniqlovchi aniqlanmishdan oldin kelganda gapga dabdaba, ko’tarinkilik, ozroq tarixiylik ma’nolarini beradi:
Spring begins with the first narcissus, rather cold and shy and wintry.
4) gap boshida kelgan hol nafaqat o’zi alohida ajratilib ko’rsatiladi, balki gap ohiriga o’tib qolgan egaga ham alohida urg’u berilishini ta’minlaydi:
Hallo! Here come two lovers. (K. Mansfield)
Alohida hayotiylik postpozitivni oldinga olib o’tilishida ta’minlanishi mumkin: off they sped, up you go.
Qo’shma gaplarning odatiy tartibida ergash gaplar bosh gapdan keyin keladi, lekin qoshma gaplar inversiyaga uchraganda ergash gap bosh gapning oldiga otib qolishi mumkin:
Whether she changes or doesn’t change now I don’t care.
Yuqoridagi misoldagi inversiya til sistemasiga ko’ra ma’lum cheklovlarga ega. Gaplardagi so’z tartibining bunday almashinuvi asarlardagi chet ellik personajlarning nutqida uchraydi. Bunday inversiyalarni E. Forster, E. Xeminguey kabi adiblarning asarlarida uchratishimiz mumkin.
Ma’lumki, maqsadiga ko’ra gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1) darak gaplar (Declarative Sentences):
The library is on the second floor.
2) so’roq gaplar (Iterrogative Sentences) :
When did you come?
Yüklə 31,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə