1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/54
tarix17.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#87147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Amaliyot ishlanmalari

▲ ▲ ▲


    1. YaIM tarkibidagi qo‘shilgan qiymatni aniqlang:



Ishlab chiqarish

bosqichlari

Mahsulotning bozor

Narxi

Qo‘shilgan

qiymat

Paxta ishlab chiqarish

250




Ip ishlab chiqarish

330




Gazlama to‘qish

380




Ko‘ylak tikish

480




Tayyor ko‘ylakning

chakana narxi



590




Sotuvning umumiy qiymati

2030




Qo‘shilgan qiymat








▲ ▲ ▲


    1. Mamlakat iqtisodiyotining quyidagi ko‘rsatkichlari asosida SIM (sof ichki mahsulot), Xn (sof eksport), ID (ixtiyoridagi daromad) va S (jamg’arma)ni aniqlang:

YaIM - 1700; yalpi investitsiyalar hajmi - 480; sof investitsiyalar hajmi - 300; uy xo‘jaliklari iste’molining hajmi - 950; davlat xarajatlari - 230; davlat byudjetining ortiqchaligi - 20.

▲ ▲ ▲


    1. Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi: YaIM - 600, uy xo‘jaliklarining iste’moli - 320, sof investitsiyalar hajmi - 110, davlat xarajatlari - 90, eksport -120, import - 90, davlat byudjetiga tushgan to‘g’ri soliqlarning hajmi - 40, egri soliqlarning hajmi - 30, tadbirkorlarga berilgan subsidiyalar - 25.

Aniqlang:

  1. amortizatsiya ajratmalarining hajmini;

  2. milliy daromadni;

с) davlat byudjetining ahvolini.

▲ ▲ ▲


    1. Quyidagi ma’lumotlar asosida SIM, MD va ID aniqlang:



YaIM

Amortizatsiya ajratmalari Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi

Ijtimoiy sug’urta to‘lovlari Transfert to‘lovlari Korporatsiyalar foydasiga soliqlar Shaxsiy soliqlar

Biznesga egri soliqlar



6500

500

300

320

500

120

610

400

▲ ▲ ▲


    1. Faraz qilaylik, 3 xil ne’mat ishlab chiqarilmoqda va iste’mol qilinmoqda. Jadvalda ularning har birini miqdori va bir birligining narxi 2 yil uchun berilgan.



Yillar

2013 yil




2014 yil




Narx

miqdor

Narx

miqdor

Bug’doy

10

10

15

8

Paxta

27

6

24

7

Avtomobil

655

3

425

5

Laspeyres indeksini, Paashe indeksini va Fisher indeksini hisoblang (2012 yil-asos qilib olingan yil).

    1. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, yalpi ichki mahsulot va shaxsiy ixtiyoridagi daromadni aniqlang?

Shaxsiy iste’mol xarajatlari

245

Transfert to‘lovlari

12

Ijara haqi

14

Amortizatsiya

27

Ijtimoiy sug’urta badallari

13

Mulkdan olinadigan daromad

31

Sof eksport

3

Dividentlar

16

Yollanma ishchilarning ish haqisi

221

Biznesga egri soliqlar

18

Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi

21

Yakka tartibdagi soliqlar

26

Korporatsiyalar foydasiga soliq

19

Tovar va xizmatlarni davlat xaridi

72

Sof xususiy ichki investitsiyalar

33


▲ ▲ ▲


    1. Agar iqtisodiyotda milliy daromad 90 trln. so‘mni, bisnesga egri soliqlar milliy daromadga nisbatan 5 foizni tashkil etsa va iste’mol qilingan kapital hajmi 24,5 trln. so‘m bo‘lganda YaIM ni aniqlang.

    2. Iqtisodiyotda 3 tovar ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Jadvalda ularning ikki yildagi miqdori va narxi ko‘rsatilgan. YaIM deflyatorini va iste’mol narxlari indeksini aniqlang.

Yillar

2013 yil




2014 yil

Narx

miqdor

Narx

miqdor

Soatlar

20

15

25

12

Futbolkalar

10

25

8

30

Sovutgichlar

750

5

950

8

Mustahkamlash uchun savollar

1. Qanday ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi?

2. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qanday guruhlarga ajratiladi?

3. Yalpi ichki mahsulot deb qanday mahsulotga aytiladi?

4. Milliy hisoblar tizimida qanday makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi?

5. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning qanday usullari mavjud?

6. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash boshqa usullardan nimasi bilan farqlanadi?

7. Yalpi milliy daromad qanday aniqlanadi?

8. Makroiqtisodiyotda yakuniy iste’molchilar sifatida kimlar qatnashadi?

9. Sof ichki mahsulot va milliy daromad o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?

10. Shaxsiy daromad va shaxsiy ihtiyordagi daromad ko’rsatkichlari nimasi bilan farq qiladi?

11. Iqtisodiyotda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni nima uchun natura holida o’lchab bo’lmaydi?

12. Nominal va real ko’rsatkichlar o’rtasida qanday farq mavjud?

13. Deflyator nima va u qanday aniqlanadi?

14. Iste’mol narxlari indeksi deganda qanday indekslar nazarda tutiladi?

15. Deflyator va iste’mol narxlari indeksi o’rtasida farq bormi?

16. Iste’mol narxlari indeksi yordamida qanday o’zgarishni aniqlash mumkin?

Adabiyotlar: A1 ; A2; A3; Q1; Q2; Q3; Q6; Q7; Q8; Internet saytlari.

3-amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik (4 soat)

Reja:

1.Iqtisoiy davr tushunchasi va uning bosqichlari;

2. Iqtisodiy davrlarning yuzaga kelish sabablari;

3. Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari;

4. Iqtisodiy davrlarning ta’siri;

5. Davlatning davriylikka qarshi siyosati.

6. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlikning o`lchanishi;

7. Ishsizlik turlari;

8. Real ish haqi.

Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablarini o‘rganish, ishsizlik tushunchasi, ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari va Ouken qonunini ta’riflash, ishsizlik darajasini o`lchash usullari va uni hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish

Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar: iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy sikl ,turg’unlik (depressiya) , jonlanish, yuksalish, davriylik, iqtisodiy jarayon, tebranish.

Umumiy ma’lumotlar:

Mamlakatlar iqtisodiyotining muntazam ravishda ortib borishiga erishish har bir jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Biroq, mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida bunday vaziyatga erishish murakkab bo‘lib, iqtisodiyotda doimiy tebranishlar yuzaga kelib turadi, ya’ni iqtisodiyotda pasayish, iqtisodiy tanglik davrlari iqtisodiy faollik va ko‘tarilish bilan almashadi.

Iqtisodiy taraqqiyotning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi tufayli asosiy fondlarni sakrash yo‘li bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tadbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamg’arish va investitsiyalar o‘rtasida o‘zaro bog’liqlik o‘zgaridi. Iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi.

Iqtisodiyotda davriy rivojlanishining asosiy sabablaridan biri ishsizlik jarayoni hisoblanadi. Bu jaryonni tahlil qilishda ishchi kuchi tushunchasi muhim rol o‘ynaydi.

Ishchi kuchi deganda aholining mehnatga layoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy soni tushuniladi.

Ishchi kuchlarining miqdori va sifati, uni jins, yosh va kasb tarkibi mamlakatning iqtisodiy imkoniyatiga va undan samarali foydalanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Ishsizlar – bu ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni hohlovchi va ish qidirayotganlardir.

Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbat makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi Artur Ouken tomonidan aniqlangan va iqtisodiy adabiyotlarda Ouken qonuni sifatida keng tarqalgan. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, agarda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1foizga oshsa, YaIM hajmini orqada qolishi 2,5 - 3 foizni tashkil etadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlarini aniqlash imkonini beradi.




Topshiriqlar:







  1. Quyidagi ma’lumotlar asosida ishsizlik darajasini aniqlang: Jami aholi – 450 ming kishi, jumladan:

16 yoshgacha bolalar – 80 ming kishi;

–pensionerlar – 60 ming kishi, shundan 10 ming kishi hali ishlaydi;

–ishsizlar - 13 ming kishi;

–muddatli harbiy xizmatda – 5 ming kishi;

–litsey va kollej talabalari – 20 ming kishi;

–uy bekalari - 5 ming kishi;



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə