1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə54/54
tarix17.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#87147
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Amaliyot ishlanmalari

▲ ▲ ▲


  1. Mamlakatning iqtisodiyoti quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:



Tovarlar eksporti

29700 mln. so‘m

Tovarlar importi

31700 mln. so‘m

Chet elga qo‘yilgan investitsiyalardan olingan foiz

shakllaridagi daromadlar



4600 mln. so‘m

Chet ellik investorlarga foiz to‘lovlari

2400 mln. so‘m

Turizmdan olingan mamlakatning daromadlari

2700 mln. so‘m

Mamlakatning bir tomonli transfert to‘lovlari

3500 mln. so‘m

Mamlakatdan kapitalning chiqib ketishi

5200 mln. so‘m

Chet el turizmiga mamlakat rezidentlarining xarajatlari

2800 mln. so‘m

Mamlakatga kapitalning oqib kelishi

8600 mln. so‘m

Bu ma’lumotlar asosida to‘lov balansining qoldig’ini aniqlang.

▲ ▲ ▲


  1. Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan.

Tovarlar eksporti 19650$

Tovarlar importi 21650$

Mamlakat fuqarolari horijiy investitsiyalardan

oladigan daromad 3700$

Mamlakatning horijiy investorlarga foizlar ko‘rinishida

to‘laydigan daromadi 1400$

Xizmatlar eksporti 1900$

Xizmatlar importi 1750$

Mamlakatning bir tomonlama transfertlari 2400$

Kapitalni mamlakatdan chiqib ketishi 4200$

Kapitalning mamlakatga kirib kelishi 6600$

Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, joriy schyotlar qoldig’ini, kapital harakati schyotlari qoldig’ini va mamlakat to‘lov balansi qoldig’ini hisoblang.

Mamlakat rasmiy valyuta rezervlari miqdori qanday o‘zgaradi

4.Quyidagi jadvalda Yevroga bo‘lgan talab va taklif keltirilgan:



Yevroning bahosi (dollarda)

Yevroga bo‘lgan talab (mln. yevro)

Yevroning taklifi (mln. yevro)

1,5

200

300

1,4

220

270

1,3

240

240

1,2

260

210

1,1

280

180



  1. Dollar va yevroning barqaror valyuta kurslarini aniqlang.

  2. Valyuta bozorida dollar va yevro qanday hajmda sotib olinadi?


▲ ▲ ▲


5.Nemis markasiga nisbatan dollar kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir xil tovar AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar dollar kursi sun’iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qo‘shimcha daromad oladi (AQShmi, yoki Germaniyami).

Qo‘shimcha daromad qiymatini aniqlang.


▲ ▲ ▲


  1. Faraz qilaylik, yevroga nisbatan dollarning kursi 1:3, ya’ni bir xil tovar AQShda masalan 400 dollar tursa, Germaniyada bu tovarning narxi 1200 yevro bo‘ladi. Agar dollarning kursi sun’iy ravishda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksport qiluvchi qo‘shimcha daromad oladi (AQSh yoki Germaniya)? Bu qo‘shimcha daromadning hajmini aniqlang.

▲ ▲ ▲


  1. Faraz qilaylik, B mamlakatning hukumati o‘z valyuta kursini A mamlakatning milliy valyutaga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A mamlakatdagi inflyatsiyaning sur’ati yiliga 5%ni tashkil etadi.

  1. B mamlakatda bu maqsadga erishish uchun inflyatsiya sur’ati qanday bo‘lish kerak?

  2. Uzoq muddatli davrda pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’atlari qanday bo‘lishi kerak?

Mustahkamlash uchun savollar

1. Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering 2.Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi? 3.Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering.

4. Valyuta kursi nima va uni qanday omillar belgilaydi?

5. Foiz stavkasi va valyuta kursi o’rtasida qanday bog’lig’lik bor?

6. Nominal va real valyuta kurslariga izoh bering.

7. Xarid qobilyati pariteti atamasining mohiyati nimadan iborat?

8. Real valyuta kursi makroiqtisodiy siyosat ta’sirida qay tarzda o’zgartiriladi va uning milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?

9.Protektsionizm siyosatining valyuta kursiga ta’sirini qanday

baholaysiz?

10.Valyuta kursi o’zgarishining yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’siri mexanizmini tushuntirib bering.



Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Internet saytlari.

16-amaliy mashg’ulot

Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat. Mandell-Fleming modeli (2 soat)

Reja:

1.Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko’rinishlari.

2.Ichki muvozanat va tashqi muvoza, Mandell Flemingning modeli.

3. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari bo’yicha kichik ochiq iqtisodiyot.

4. Qayd etilgan valyuta kurslari ostidagi kichik ochiq iqtisodiyot

Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko`rinishlarini o`rganish; Mandell-Flemingning ochiq iqtisodiyot modelini yoritish; qayd etilgan va erkin suziv yuruvchi valuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosatni baholash; kichik va katta ochiq iqtisodiyotda tashqi iqtisodiy operatsiyalarni hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar



Asosiy tushunchalar: Valyuta munosabatlari, qayd etilgan valyuta kursi, erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari, yopiq iqtisodiyot, xarid qobilyati pariteti Umumiy ma’lumotlar:

Davlat boshqa davlat bilan iqtisodiy aloqa qilmasdan mustaqil ravishda mavjud bo‘la olmaydi va rivojlana olmaydi.

Mamlakatning qanchalik darajada ochiq iqtisodiyotga moslashganlik yoki ochiq iqtisodiyotdan foydalanish darajasini import kvotasi, eksport kvotasi, tashqi savdo aylanmasi kvotasi kabi ko‘rsatkichlar ifodalaydi.

Ochiq iqtisodiyot kichik va katta ochiq iqtisodiyot kabi ko‘rinishlarda bo‘lib, ularning bir qancha farqli jihatlari mavjud. Xususan, ular real foiz stavkasining qo‘llanilishi bilan farq qiladi.

Mukammal kapital harakatiga ega bo‘lgan kichik ochiq iqtisodiyot Mandell- Fleming modeli yordamida tahlil qilinishi mumkin. R. Mandell va M.Fleming o‘z tadqiqotlarida pul-kredit va byudjet-soliq siyosati ichki va tashqi muvozanatga turli nisbiy ta’sir o‘tkazishini aniqladilar.

Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash modelida byudjet-soliq siyosati ichki balans bilan, real valyuta kursi joriy operatsiyalar hisobi bilan, pul-kredit siyosati xorijiy valyutaning zahiralari hajmi bilan bog’langan.


Topshiriqlar:



1. Ochiq iqtisodiyotdagi sof investitsiyalarning miqdori - 1750 mln. so‘m, uy xo‘jaliklarning jamg’armalari - 1625 mln. so‘m, davlat byudjetining ortiqchaligi - 425 mln. so‘m. Bu ma’lumotlar asosida tovar va xizmatlarning sof eksportini aniqlang.


▲ ▲ ▲


2. Ochiq iqtisodiyotdagi iste’mol funktsiyasi: C = 50 + 0,8(Y –T), investitsiya funktsiyasi: I = 160 – 5r. Iste’mol xarajatlari - 850 mln. so‘m, real foiz stavkasi 6% ga teng, davlat jamg’armalari 20 mln. so‘m. Kapital harakati hisobining qoldig’ini (yoki ortiqligini) aniqlang.

▲ ▲ ▲


3. Kichik darajali ochiq iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi: Milliy daromad - 1000 mlrd. doll., iste’mol xarajatlari - 700 mlrd. doll.,

davlat xaridlari - 150 mlrd. doll., investitsiya funktsiyasi - I = 250 – 10r. Jahon foiz stavkasi - 5%. Mamlakatning sof eksportini aniqlang.


▲ ▲ ▲


4. Kichik darajali ochiq iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi: Iste’mol xarajatlari - 500 mlrd. doll., davlat xaridlari - 75 mlrd. doll.,

investitsiya funktsiyasi: I = 200 – 8r. Jahon foiz stavkasi - 5%, sof eksport : -25 mlrd. doll. Mamlakatning milliy daromadini aniqlang.


▲ ▲ ▲


  1. Kichik darajali ochiq iqtisodiyotda suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida LM egri chizig’ining ko‘rinishi:

LM: Y = 200r – 200 + 2(M/P)

IS egri chizig’ining ko‘rinishi esa:

IS: Y = 400 + 3G – 2T + 3Xn – 200r.

Sof eksport funktsiyasi: Xn = 200 - 100e, bu yerda e - real valyuta kursi.

Narxlar darajasi qayd etilgan P = 1, real jahon foiz stavkasi r = 2,5%. Pul taklifi M = 100 mln. doll. Davlat byudjeti balanslashtirilgan: G = T = 100. Tovar va pul bozorlaridagi muvozanatga erishish uchun real valyuta kursi nechaga teng bo‘lishi kerak?



Mustahkamlash uchun savollar

1. Ochiq iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz?

2. Kichik va katta ochiq iqtisodiyotning mohiyati va farqlarini tushuntirib bering.

3. Tashqi muvozanat atamasini izohlab bering.

4. Mandell-Flemingning ochiq iqtisodiyot modelini tavsiflab bering.

5. Yalpi daromad,almashinuv kursi va joriy operatsiyalar balansi saloqlar oshganda qanday o’zgarishini Mandell-Flemingning ochiq iqtisodiyot modelidan foydalangan holda tushuntirib bering.

6. Nima sababdan qayd qilingan valyuta kursi sharoitida pul-kredit siyosati ichki balansni ta’minlashda samara bermaydi?

7. Qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosatining ichki muvozanatni ta’minlashdagi samaradorligini izohlab bering.

8. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida pul-kredit siyosati qanday maqsadlar uchun qo’llanilganda yuqori samara beradi va nima sababdan?

9. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosatining tashqi muvozanatni ta’minlashga ta’siri mexanizmini tushuntirib bering.



Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Internet saytlari.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə