1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə49/54
tarix17.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#87147
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Amaliyot ishlanmalari

Umumiy ma’lumotlar:

Xalqaro savdo tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Xalqaro savdoning yuzaga kelishi mamlakatlar bo‘yicha tabiiy resurslarning bir

xil taqsimlanmaganligi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning turli mamlakatlarda turlicha taraqqiy etganligi sabablidir.

Xalqaro savdo jarayonlari eksport, import, reeksport va reimport kabi tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Tashqi savdo operatsiyalari bu turli mamlakatlardagi sheriklar o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalardir.

Mutloq afzallik nazariyasining mohiyati mamlakat o‘zidagi mavjud sharoitlar va resurslar hisobiga boshqa mamlakatlarga nisbatan ma’lum bir tovarni bir xil mehnat sarfida ko‘proq miqdorda ishlab chiqarsa yoki unga eng kam xarajatlar

sarflasa ushbu mamlakat solishtirilayotgan mamlakatlarga nisbatan mutloq afzallikka egaligida namayon bo‘ladi.

D. Rikardo xalqaro ayirboshlashning nisbiy afzallik nazariyasini yaratdi va mamlakatlarning xalqaro savdoda ishtirok etishidan foydasi muqobil narx bilan belgilanishi isbotladi.

Xeksher-Olin nazariyasining mohiyatiga ko‘ra mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshiroq ta’minlangan bo‘lsa, shu omilga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslahishi va eksport qilishi kerak.

Leontev paradoksi Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi amaliyotda o‘z tasdig’ini topmaganligini izohladi.

Xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga ayrim omil egalarining turmush farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishidan olishi mumkin bo‘lgan foyda - bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egallagan o‘rniga bog’liq.



Topshiriqlar:








  1. A davlat bir yilda 70 ta engil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 tasi ichki iste’molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 ta samolyotning bahosi – 6000 doll. Hukumat tarmoqni rag’batlantirish maqsadida har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 doll.gacha oshdi, eksport narxi esa 5550 doll.ga kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‘sdi.

Subsidiyalar joriy qilishning oqibatlarini aniqlang.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə