1-amaliy mashg‘ulot Vaqtinchalik va doimiy ombor turlari, ularning turlari va o‘lchamlari Doimiy (stasionar) omborxonalar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#147439
1   2   3   4   5   6
1-amaliy mashg‘ulot Vaqtinchalik va doimiy ombor turlari, ularni (1)

Sovitgichlardan foydalanish. Sovitgichlar uchun zarur haroratga etkazib tez sovitish asosiy qoidadir. Noz-ne’matlar tez sovitilsa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi, mahsulot saqlash muddati uzayadi va nobudgarchilik kamayadi. Buning uchun katta hajmli sovitgichlarda maxsulotni dastlab tez sovitib oladigan xonalari bo‘ladi. Bu tartib qo‘shimcha xarajatlarga olib kelganligi uchun hozirda mahsulotni doim saqlanadigan kameralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylash tobora odat tusiga kirib bormoqda.
Sabzavot va mevalarning‘ ba’zi turlari ancha uzoq muddatda doimo sovitilgan holatda turishga muhtoj. Bu, ayniqsa, to‘la etilmagan kartoshkaga taalluqlidir. Yig‘ishtirish paytida yog‘in-sochinda qolgan piyoz va sarimsoq piyozni saqlash joylari oldindan quritib olinishi kerak.
Kameralar qanday usulda sovitilishidan qat’i nazar, harorat va muhit namligi keskin o‘zgarmasligiga hamda mahsulot terlamasligiga e’tibor berish lozim. Katta hajmdagi kameralarga mahsulot joylashtirish 10-15 kun davom etadi. Har kuni kamera sig‘imiga nisbatan taxminan 10 foiz miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar sovitilgan kameraga tashqaridan ko‘plab iliq mahsulot kiritilsa, u erdagi meva va sabzavotnnng terlashiga yo‘l qo‘yilib, kasallik avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin.
SHuni hisobga olib, tez sovitishga bardosh bera olmaydigan mahsulot turi va navlari avval kameraga to‘liq joylanib, so‘ngra sovitish tizimi ishga tushiriladi. Sovitish uskunalarining qudrati aynan shu turdagi mahsulotni sovitishga mos bo‘lishi kerak. Sovitgich xonalaridan sabzavotlarni olib chiqish paytida, ular terlamasligi hamda xarorat tez o‘zgarishi natijasida aynimasligi uchun, sovitilgan mahsulotni ham darxol issiq binoga ko‘chirib bo‘lmaydi, SHu sababli qishga saqlanayotgan sabzavot va mevalarni savdo do‘konlariga yuborishdan oldin haroratning yarmicha past bo‘ladigan oraliq kameralarda yoki yuk chiqarish yo‘laklarida birmuncha ilitib olinishi lozim.
Sabzavot va mevalar sovitgichlarga, albatta idishlarda joylanadi. Hozirda qo‘llab kelinayotgan idish turlari har xil bo‘lib, transportlarda tashishda va uncha uzoq turmaydigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig‘imli qutilar, o‘rtacha xajmli qutilar, urinmaydigan mevalarni saqlash va transportda tashish uchun ishlatiladigan katta hajmli konteynerlardan iboratdir.
Kartoshkani xandaqda saqlaganda uning harorati ancha qulay bo‘lganligi isbotlangan.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə