1-amaliy mashg‘ulot Vaqtinchalik va doimiy ombor turlari, ularning turlari va o‘lchamlari Doimiy (stasionar) omborxonalar


Ildizmevali sabzavotlarni saqlash



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#147439
1   2   3   4   5   6
1-amaliy mashg‘ulot Vaqtinchalik va doimiy ombor turlari, ularni (1)

Ildizmevali sabzavotlarni saqlash. Ildizmevalar dalada handaq va maxsus omborlarda, harorat 0° dan 2°S gacha, havoning nisbiy namligi 85 - 95% bo‘lgan sharoitda saqlanadi.
SHolg‘om saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80sm, lavlagi va turplar uchun esa sig‘imi kattaroq: eni hamda chuqurligi 70-80 sm keladigan handaq qaziladi (rasm).
Ildizmevalar handaqlarda aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi.
Ildizmevalarni xandaqlarda yashiklarga joylanib ham saqlanadi. Faqat bunda xandaq kattaroq qilinadi: eni 3-3,5 m, balandligi 1,5 m ga etkaziladi (SHaumarov X.B., Islamov S.YA., 2011).

19-rasm. Ildizmevali sabzavotlarni o‘ralarda saqlash tartibi:
1-yog‘ingarchilik suvlar uchun ariqcha; 2-er sathi; 3-ildizmevalar; 4-boshlang‘ich tuproq qoplamasi; 5-poxol; 6-yakuniy tuproq qoplamasi; 7-harorat o‘lchagich
Karamni saqlash. Karam handaq yoki uyumda ham saqlanadi. Karam saqlanadigan handaqning chuqurligi 40-50 sm, eni esa 60-70 sm bo‘ladi. Unga tozalangan karam 2-3 qator qilib teriladn va har qatori ustidan nam tuproq tashlanadi. Handaqning usti 30-40 sm tuproq bilan berkitiladi. Karamni chuqurligi 20 sm, eni 150-200 sm li uyumda ham saqlash mumkii. Karam qator terilib, har qator orasiga nam tuproq tashlanib, 80-100 sm gacha ko‘tariladi va uning ustiga 30-40 sm tuproq tashlanadi. Bunday xandaqlarda karam xatto oddiy ombordagidan ko‘ra yaxshiroq saqlanadi (16-jadval)


16-jadval
Karamni turli xil usullarda saqlaganda tabiiy kamayishi, %

Oylar

Tabiiy kamayish me’yorlari

Saqlash usullari bo‘yicha tabiiy kamayish

omborda

uyumlarda

xandaqlarda

Oktyabr

4,0

-

-

-

Noyabr

3,8

3,0

2,6

0,6

Dekabr

2,0

2,2

2,1

0,7

YAnvar

1,4

2,2

1,3

0,7

Fevral

1,4

2,5

1,5

0,9

Mart

2,1

-

4,3

3,2
















Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə