Donni vaqtinchalik omborlarda saqlash



Yüklə 446,18 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü446,18 Kb.
#137053
ZDIT2501





«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
DONNI VAQTINCHALIK OMBORLARDA SAQLASH
Rahimova Dilfuza Abdullayevna 
Toshkent davlat agrar universiteti magistranti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7228300 
Kalit so’zlar: Don, mahsulot, namlanish, kislorod, sifat, saqlash, omborlar. 
Annotatsiya: Don maxsulotlarini kayta ishlash korxonalariga topshirishdan 
oldin don vaktinchalik saklash uchun xujaliklar omborxonalariga yoki 
xirmonlarga joylashtiriladi. Bu boskich don partiyasiga boglik xolda bir necha 
soat va sutkadan bir oygacha va undan ortik, bulishi mumkin. 
Donni dastlabki saklashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib 
kolishi va mikroorganizmlar rivojlanishidan juda xam extiyot kilish 
lozim.Donning 
zararlanishiga 
kupincha 
uni 
xirmonlarda, 
dala 
sharoitlarida,utgan yilgi koldiklardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda 
saklash sababbuladi. Bunday donlar keyinchalik yaxshi nazorat kilinmasa, 
namikib va uzuzidan kizib kelishi mumkin. Bu xolat yangi urilgan donni 
darxoljoylashtirish va donni kizib turgan xolida joylashtirishlarda xamkuzatiladi. 
Don massasi sifatining pasayishi uni tashish jarayonida xamkuzatilishi mumkin. 
Don massasining sifati va saklanuvchanligi ko‘p jixatdan yigib olingan zaxoti 
joylashtirilgan joyning sharoitiga boglik. Don yigib olingan zaxoti darxol 
belgilangan manzilga etkazilishi lozim. Donning mexanizatsiya vositalari 
bunkerlarida kolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib keladi. 
Donli ekin maxsulotlarini saqlash davridagi jarayonlarni o‘rganish va ularni 
bartaraf etish usullaridan to‘g‘ri foydalanish, saqlanadigan maxsulotlarni 
nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu nobudgarchilik esa uz navbatida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish 
yutuqlarini yuqqa chiqaradi xamda xosilni etishtirish va yigib-terib olishga 
karatilgan mexnatni kadrsizlantiradi. 
Donli ekin maxsulotlarini saqlash bilan bog‘liq jarayonlar, bu qishloq 
xo‘jaligi maxsulotlarini xususiyatlarini, shuningdek ularni tarkibigi ta’sir 
kursatuvchi fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni o‘rganadi. 
Donli ekin maxsulotlarini turli xil usullarda saqlanadi. Bunda donli ekin 
maxsulotlarini va turli xil urug‘liklar saqlanadigan inshoat va binolar, qishloq 
xo‘jalik maxsulotlarini saqlash. omborlari deb yuritiladi. Omborlar muvaqqat va 
doimiy bo‘ladi. Muvaqqat omborlarga uyum, xandaq, o‘ra va boshqalar kiradi. 
Doimiy omborlar esa bir qavatli to‘g‘ri burchak shaklida va erdan chuqurroq 
(1,5-2 m) qilib, betondan yoki g‘ishtdan quriladi. 
Donli ekin maxsulotlarinining.o‘ziga xos xususiyatlariga karab, ularni turli 
maqsadlarda saqlash, maxsulot etishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, xom 




«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
ashyo etishtirilgan xo‘jalikning moddiy texnikaviy imkoniyatlariga qarab 
maxsulotni saqlashning turlicha usullarini talab etadi.
Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash omborlarida ma’lum texnologik 
rejimlar boshqarib turiladigan va mexanizatsiyani keng joriy etish imkoniyalari 
yaratilganda, unda mahsulotlarning sifatli saqlanishini va isrofgarchiliklarni 
kamaytirilishini ta’minlaydi. 
Don massasi maxsus qurilgan binolarda, ya’ni omborda saqlanadi. 
Omborlar saqlanadigan donlarning fizik va fiziologik xususiyatlarini hisobga 
olgan holda qurilishi va bir qator texnologik, texnik, ekspluatatsion va iqtisodiy 
talablarga javob berishi lozim. Uning devorlari chidamli materialdan bo‘lishi, 
havoning o‘zgarishiga bardoshli, zararkunandalardan malum darajada 
himoyalangan bo‘lishi kerak. 
Don omborlarining turi foydalanish va donni saqlash muddatiga ko‘ra oddiy 
bostirmadan tortib ish jarayonlari to‘la mexanizatsiyalashgan elevatorlargacha 
bo‘ladi. 
Don omborlarining oddiy, kandukli va minorali turlari mavjud. Oddiy va 
kandukli omborlarda don polga to‘kib saqlanadi. G‘allachilik xo‘jaliklarida 
ko‘pincha 250-550 t don joylanadigan omborlar quriladi. Kandukli va oddiy 
omborlarda har xil navli donlarning kichik partiyalari saqlanadi.
Oddiy va kandukli omborlar. Oddiy va kandukli omborlar yig‘ma temir-
beton, g‘isht va boshqa materiallardan barpo etiladi, tomi tunuka yoki shifer 
bilan yopiladi. Kichikrok oddiy va kandukli don omborlarida don mahsulotlari 
mexanizmlar – transportyorlar va boshqalar yordamida yuklanadi va tushiriladi. 
Don omborlari vaqti-vaqti bilan shamollatib turiladi, don harorati 
elektrotermometr yordamida kuzatib boriladi. Oddatda, don omborlari er osti 
suvlari cho‘kur joylashgan, atrofi ochiq erda quriladi. Don zararkunandalari va 
kasalliklariga qarshi don omborlari vaqti-vaqti bilan tozalanib, dezinfeksiya 
kilinadi. 
Foydalanilgan
adabiyotlar: 
1. 
X.CH.Bo‘riev, R.J.Jo‘raev, O.A.Alimov. Dala ekin mahsulotlarini saqlash va 
ularga dastlabki qayta ishlash texnologiyasi, Toshkent 2004. 
2. 
www.lex.uz 
3. 
www.ziyonet.uz 
4. 
www.agriculture.uz

Yüklə 446,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə