1-Amaliy: steam ta’lim tizimi Reja



Yüklə 18,06 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.12.2023
ölçüsü18,06 Kb.
#154186
1-amaliy



1-Amaliy:
 STEAM ta’lim tizimi 
Reja. 
1.
STEAM ta’lim tizimi haqida tuShuncha, uning Yaralishi va tarifi 
2.
STEAM va STEM ta’lim tizimlari, ularning o’quv samaradorliligiga ta’siri 
3.
STEAM ta’lim dasturining asosiy maqsad va vazifalari 
4.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni o'qitishda STEAM 
tizimi modullarining o’rni 
5.
STEAM ta’lim dasturini maktablarda tashkil etishda asosiy pedagogik 
tamoyillar 
1) STEAM ta’lim tizimi haqida tuShuncha, uning Yaralishi va tarifi 
STEAM
- bu tanqidiy fikrlash, tadqiqot qobiliYatlari va guruhda ishlash 
ko'nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir nechta fan yo'nalishlarini 
birlashtirgan Yangi ta'lim texnologiYasi. 
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: 
STEAM bu
— 
S – 
science

T – technology

E – engineering

A – art
va 
M – math
. Ingliz tilida bu 
Shunday 
bo’ladi:
 tabiiy 
fanlar

texnologiYa,
muhandislik

san’at
va 
matematika
. Ushbu yo’nalishlar 
zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun 
bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiYalardan biri sifatida 
rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondaShuvni qo’llash, 
Shuningdek, barcha beshta sohani Yagona ta’lim tizimiga integratsiYalaShuviga 
asoslangan. 
Ilm-fan va san'atni birlashtirish zarurati XI asr matematiklari va o'qituvchilari kabi 
mutafakkirlar tomonidan yozilgan. DeYarli barcha ixtirochilar va olimlar ham 


musiqachilar, rassomlar, yozuvchilar yoki shoirlar edilar: Galiley shoir va 
adabiyotShunos edi, Eynshteyn skripka chaldi, Morse portret rassomi edi va 
hokazo, Ya’ni miYaning o'ng Yarmi bilan bog’liq amallar. 
STEAM o'quv dasturi o'quvchilarni fanlararo va amaliy yondaShuv yordamida 
o'qitish g'oYasiga asoslangan. STEAM beshta fanning har birini alohida-alohida 
o'rganish o'rniga, ularni bitta ta'lim yo'liga birlashtiradi. 
STEM 
ta'limi 
ilmiy 
metodlardan, 
texnik 
qo'llanmalardan, 
matematik 
modellashtirishdan, muhandislik dizaynidan foydalanishga imkon beradi. 21-asr 
o’quvchisining innovatsion tafakkurini, ko'nikmalarini shakllantirishga olib keladi. 
STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo’ladilar va darhol undan 
foydalanishni o’rganadilar. Shuning uchun, ular o’sib ulg’ayganlarida va hayotiy 
muammolarga duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim 
o’zgarishi bo’ladimi, bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi 
bilimlarga taYanib va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini 
tuShunadilar. Bu erda faqat bitta mavzu bo’yicha bilimga taYanish etarli emas. 
Ta’limga ushbu Yangi yondaShuv qanday paydo bo’ldi? 
Bu nazariYa va amaliyotni birlashtirishning mantiqiy natijasidir. STEAM 
Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi maktablar bitiruvchilarning martabalarini 
e’tiborga olishdi va fan, texnologiYa, muhandislik va matematika kabi fanlarni 
birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi Shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, 
muhandislik va matematika). Keyinchalik bu erda Art qo’shildi va endi STEAM 
oxirigacha shakllandi. O’qituvchilar ushbu mavzular, aniqrog’i ushbu fanlardan 
bilimlar kelajakda talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishishiga 
yordam beradi, deb hisoblashadi. Oxir oqibat, bolalar Yaxshi bilim olishga 
intilishadi va uni darhol amalda qo’llashadi.
 



Yüklə 18,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə