1. Bank inqirozlari va ularning sabablari, oqibatlari


Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishi



Yüklə 47,68 Kb.
səhifə4/7
tarix13.12.2023
ölçüsü47,68 Kb.
#149013
1   2   3   4   5   6   7
Bank inqirozlari

Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishi. Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlarning asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan.

  • Savdo qoidalarining buzilishi. Mazkur holat bank inqirozlarini boshidan kechirgan deyarli barcha mamlakatlarda kuzatildi. Eksport tarkibida asosiy o‘rin egallovchi moddalar bo‘yicha narxlarning keskin tushishi eksport qiluvchi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

  • Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda moliviy bozorlarni libe­ralizatsiyalash. Mazkur holatning barcha ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda yana shuni ta’kidlash mumkinki, Lotin Amerikasi (80-90 yillarning birinchi yarmi) va Janubiy-Sharqiy Osiyo (1997-1998 yy.) mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatli spekulyativ pullar va portfel investitsiyalar moliyaviy tizimning foiz stavkalari va valyuta kurslari tebranishlariga bo‘lgan ta’sirchanligini oshiradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishi iqtisodiyotni tang ahvolga keltirib qo‘yadi.

  • Belgilangan valyuta kursi. Bunday sharoitda mamlakatda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida valyuta kursini sun’iy ravishda ushlab turilishi Markaziy bank valyuta zahiralari kamayishiga sabab bo‘ladi. Tashqi qarzlar bilan bog‘liq hisob-kitoblarda muammolar kuchayib, parallel valyuta bozori vujudga keladi. Bu esa, o‘z navbatida foiz stavkalarining oshishi va qarzdorlar to‘lovga layoqatliligining yomonlashuviga olib keladi.

Bank inqirozlarini vujudga keltiruvchi omillarning ta’sir darajasi




Yüklə 47,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə