1. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. Berilganlarni boshqarish. Big Data. Berilganlar bazasini boshqarish


MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə2/8
tarix13.09.2023
ölçüsü26,53 Kb.
#121741
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza mashg\'uloti. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari

MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi:

  1. Ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari;

  2. Ma’lumotlarni kiritish, ko’rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo’ljallangan darcha shakllarini loyihalash vositalari;

  3. Berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek, ularni ishlash bo’yicha operatsiyalar bajarish vositalari;

  4. Ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko’rinishda bosmaga chiqarish uchun ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan hisobot yaratish vositalari;

  5. Til vositalari - makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki boshalar), talablar tili (QBE- Query Example, SQL) va h.k.

Ular ma’lumotlarni ishlashining nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash protseduralarini bajarish uchun qo’llaniladi. Big data Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan. Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.



Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə