1. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. Berilganlarni boshqarish. Big Data. Berilganlar bazasini boshqarish


Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə6/8
tarix13.09.2023
ölçüsü26,53 Kb.
#121741
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza mashg\'uloti. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari

Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi:
So‘rov berish:
SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi natija olish:
Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;
Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasi MBBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma’lumotlar bazasi sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to‘g‘ri bo‘ladi.
Ma'lumotlar bazasi turlari. Har xil mezonlarga ko'ra farq qiladigan ma'lumotlar bazalarining ko'p turlari mavjud. Masalan, "Ma'lumotlar bazasi texnologiyalari entsiklopediyasi" da ma'lumotlar bazalarining 50 dan ortiq turlari ko'rsatilgan. Asosiy tasniflar quyida keltirilgan.
Ma'lumotlar modeli bo'yicha tasniflash
Misollar: Ierarxik, Ob'ektli va ob'ektga yo'naltirilgan, Ob'ektli-relyatsion, Relyatsion, Tarmoqlik, Funktsional.


Doimiy saqlash muhiti bo'yicha tasnifi

  • Ikkilamchi xotirada yoki odatdagi turda (conventional database): doimiy saqlash vositasi periferik xotira (ikkilamchi xotira) - odatda qattiq disk.

  • Operativ xotiraga: MBBT faqat joriy qayta ishlash uchun ma'lumotlarni keshga joylashtiradi.

  • Operativ xotira ichida (in-memory database, memory-resident database, main memory database): bajarish bosqichidagi barcha ma'lumotlar operativ xotirada joylashtiradi.

  • Uchinchi darajali xotirada (tertiary database): bu odatda magnit lentalar yoki optik disklarga asoslangan serverdan ajraladigan ommaviy saqlash qurilmasi.


Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə