1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti. Qattiq jismlar. Tirik organizmlarda deformatsiya turlari



Yüklə 262,71 Kb.
səhifə10/26
tarix13.12.2023
ölçüsü262,71 Kb.
#149189
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti-fayllar.org

Sut emizuvchilar - ular asosiy tovushni Yuqori tanglay orqali hosil qiladi.
Bunda, og’iz, burun, hattoki o’pka ham ovoz chiqarishda ishtirok qiladi. Ular 
chastotasi bir necha gersdan yuzlab kilogerslargacha (ko’rshapalaklar). Ba’zi
jonivorlar uchun qabul qilish mumkin bo’lgan eng Yuqori chastotalarni keltiramiz: 
odam 20 kGs, shimpanze 30, it 60, mushuk va delfin 100, ko’rshapalaklar 150,
kabutarlar 12, tovuqlar 12 kGs. 




Ultra- va infratovushlar, ularning tirik organizmga ta’siri. 
Chastotalari 20 kGs.dan Yuqori bo’lgan elastik to’lqinlarga ultratovushlar 
deyiladi (10
9
-10

13
Gs tovushlar gipertovushlar). Ultratovushlar asosan 2 yo’l bilan 


hosil qilinadi. 1 - teskari pyezoeffekt hodisasi, 2 - magnitostriksiya hodisalariga
asosan. Ultratovushdan lokasiya, ya’ni kemalarda dengiz chuqurligini, baliqlar 
to`dasini (suvda ultratovush kam yutiladi) aniqlashda foydalaniladi. Ultratovush
defektaskopiyasi, ya’ni metallarda defektlarni topishda qo’llaniladi. Detal qalinligi 

va tovush tezligi 


V
- bo’lsa, u holda 


t


V


(1.21)
o’tish vaqtini o’lchab defektni aniqlash mumkin. Tabiatda ko’rshapalaklar va 


delfinlar ham ultratovush chiqarib o’zining yo’lini topib oladi, ya’ni chiqargan


to’lqinlarning to’siqlardan qaytishiga qarab yo’lni topadi. Ultratovush yordamida 
bir - biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikni aralashtirish mumkin.
Ultratovushning Dopler effekti yordamida Yurak klapanlari harakatining 
xarakterini o’rganadilar. Qon oqimi tezligini o’lchash mumkin. Terapiya
maqsadlarida 800 kGs chastotali ultratovushlar ishlatiladi. Ularning o’rtacha 
intensivligi 1 Vt/sm
2
. nurlovchi qism va teri orasiga biror suyuqlik (m: yog’) 

qo’yiladi, chunki hatto yupqa havo qatlami ultratovushning organizmga o’tishiga


to’sqinlik qiladi. To’qimaga qilinadigan mexanikaviy va issiqlik ta’siri ultratovush 
terapiyasi asosida yotgan birlamchi mexanizmdir. Ultratovush xirurgiyada
"skalpel" vazifasini bajaradi. Oddiy skalpeldan farqli o’laroq ultratovush skalpeli 
juda ingichka qirqsa, ikkinchidan ma’lum energiyali tovush qonsiz kesadi. Bir
vaqtning o’zida ultratovush tikib (payvandlab) ketadi. Farmosevtikada dorilar 
tayyorlashda ishlatiladi, ya’ni suyuqliklar ichidagi jismlarni parchalab emulsiya
hosil qiladi. Ultratovush ishtirokida tayyorlangan turli xil dorivorlar emulsiyalari 
o’pka kasali, Yuqori nafas yo’llari qatori, bronxeal astma kabi kasalliklarni
davolashda qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda shkastlangan yoki transplantasiyalangan 
suyak to’qimalarini "payvandlash"ning yangi usuli (ultratovush ostiosintezi)
yaratildi. Ultratovushning mikroorganizmlarga halokatli ta’siri moddalarni 
stirlizasiya qilishda foydalanilmoqda. Ko’rlar uchun "Orentir" asbobi yaratilgan
bo’lib u 10 m.gacha uzoqlikdagi jismlarni bilib olish va ularni qanday xarakterda 
ekanini aniqlash mumkin. Ultratovushning issiqlik ta’siridan opuxullarni (o’simta)
yemirishda ishlatiladi. Kichik intensivli ultratovushlar (1,5-3 Vt/sm
2
)

o’simliklarning o’sishiga yordam beradi, bronxial astma, radikulitni davolashda, 


katta intensivlikli ultratovush (30 Vt/sm) organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi.





Veterinariyada - ultratovush fonoforez usuli qo’llaniladi, ya’ni ultratovush


yordamida qoramollarga terisi orqali ba’zi dorilarni kiritish (m: gidrokartizon, 
tetrosiklin va boshqalar) mumkin. Bu elektroforrezga o’xshash, lekin elektr
maydoni ta’sirida zaryadlangan zarrachalar harakatlansa, ultratovush yordamida 
zaryadsiz zarrachalar ham harakatlanadi. Ultratovush nurlantirish fonoforez bilan
birgalikda qoramol, echki, qo’ylardagi mastitni davolashda ishlatiladi. 
Diagnostikada qoramol va otlarning homiladorligini aniqlash mumkin.
Hattoki 25 kunligini aniqlash mumkin. 65 - 70 kunligini 100% aniqlikda aytish 
mumkin. 1 soatda 200 qo’yning homiladorligini aniqlasa bo’ladi.

Yüklə 262,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə