1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti. Qattiq jismlar. Tirik organizmlarda deformatsiya turlari



Yüklə 262,71 Kb.
səhifə11/26
tarix13.12.2023
ölçüsü262,71 Kb.
#149189
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti-fayllar.org

Infratovush - bu chastotasi 16 Gs.dan kichik bo’lgan elastik to’lqinlardan
iborat. Lotinchadan infro- kichik ma’noni anglatadi. Infratovush atmosfera va 
denegiz shovqinlari tarkibida bo’ladi. Chaqmoq vaqtida, portlashda, to’plar
otilganda, Yer qimirlashda paydo bo’ladi. Infrotovush juda kam yutiladi, shu 
sababli u ancha uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Atmosferaning Yuqori
qatlamlarini o’rganish mumkin. Infrotovush organizmning bir qator sistemalari 
funksional holatlariga yomon ta’sir ko’rsatadi. M: charchash, bosh og’rig’i,
uyquchanlik, jahl chiqishi va boshqalar paydo bo’ladi. Infrotovushning organizmga 
birlamchi ta’sir ko’rsatish mexanizmi rezonans xarakterga ega. Xususiy
tebranishlar chastotasi bilan tebranishga majbur etuvchi kuchlarning chastotasi bir-
biriga yaqin bo’lganda rezonans hodisasi yuz beradi. Odam gavdasining xususiy
tebranishlar chastotasi, gavdaning yotgan holatida 3 - Gs, qorin bo’shlig’i uchun 3 
- 4 Gs, turgan holda 5- 12 Gs, ko’krak qafasiniki 5 - 8 Gs bo’lib, bu infrotovush
chastotalariga mos keladi. Normal faoliyat ko’rsatish uchun ma’lum shovqin 
bo’lishi kerak. M: normal uxlash va aqliy mehnat uchun shovqin 30 DB.dan past,
ko’pchilik korxonalarda 55 DB. dan Yuqori bo’lmasligi kerak. Q/x da 
mexanizasiya darajasining oshishi bilan shovqin ham ko’paydi. M: MTZ - 50
traktori 5 m. masofada 80 - 90 DB, KTU - 10 bilan birga 100 DB.dan oshadi. 
Chorva binolarida ventelyatorlar ham kuchli shovqin chiqaradi. M: SCh - 70
ventelyator 5 m.masofada 85 DB shovqin hosil qiladi. Katta shovqinlar ko’plab 
jonivorlarning to’planishida ham yuzaga keladi. M: parrandachilik fermalarida 95
DB.gacha. normadagi shovqin foydali hamdir, chunki juda sukunatda odam hatto 
o’zining Yurak urishini ham eshitishi mumkin (kosmonavtlar ). 110 DB shovqin
vaqtincha eshitishni 10 - 15 % pasaytiradi. 
Infro-, ultra va tovush intensivligi darajasini yashash joylarida, ishlab
chiqarish va transportda kamaytirish gigiyenaning asosiy vazifasidir. 





Yüklə 262,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə