1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari



Yüklə 185,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix30.12.2023
ölçüsü185,37 Kb.
#167115
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

11-modda. Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar:
yong‘in kelib chiqqan taqdirda o‘z sog‘lig‘i va mol-mulkining himoya qilinishi;
yong‘in tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
57-bobi 
(“Zarar yetkazishdan kelib
chiqadigan majburiyatlar”).
o‘z sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yong‘inning kelib chiqish sabablari
hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish;
yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda axborot olish;
yong‘indan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va
yong‘inlarni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rish;
yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmatiga ko‘maklashish;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati
faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega.
Fuqarolar:
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yong‘inni sezib qolganda bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
o‘ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‘jalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda
imoratlarni belgilangan tartibda yong‘in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko‘zdan kechirishi
va tekshirishi uchun yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida
boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.


(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 185,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə