1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 185,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix30.12.2023
ölçüsü185,37 Kb.
#167115
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

3-bob. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash
12-modda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari,
shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong‘in xavfsizligini
ta’minlashga doir talablar mansab yo‘riqnomalarida va boshqa yo‘riqnomalarda, zarur hollarda esa
tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak.
Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar
zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar
zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi.
Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turarjoylari va boshqa binolarida yong‘in xavfsizligini
ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, mulkdorlar yoki ijaraga
(arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni
loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash
chog‘ida yong‘in xavfsizligini ta’minlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga
yuklatiladi.
13-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish
Yong‘in xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish ijro etilishi shart bo‘lgan yong‘in
xavfsizligi talablarining vakolatli organlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek
normativ hujjatlarda belgilanishidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan
normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ hujjatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan
kelishib olinishi kerak.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)

Yüklə 185,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə