O'zbekistonda ichki ishlar idoralarining shakllanishi



Yüklə 340,97 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü340,97 Kb.
#123743
O\'zbekistonda ichki ishlar idoralarining shakllanishi

O'zbekistonda ichki ishlar idoralarining shakllanishi

Yo’nalish: Buxgalteriya va audit

Guruh: 23-2

Talaba: Olimboyev Umrbek

Reja 1.Harbiy, ichki ishlar ta'lim tizimini takomillashtirish, harbiy va ichki ishlar xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini oshirish. Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash. 2.Yangilanayotgan O’zbekistonda harbiy ichki ishlar davlat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar tizimidagi islohotlar.

Harbiy, ichki ishlar ta'lim tizimini takomillashtirish

2017-2018 yillar davomida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining yangilangan strategik yondashuvini ishlab chiqishga erishdi, deyish mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan harakatlar Strategiyasida milliy armiyani isloh qilish ko'zda tutilgan edi. Davlat rahbari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurish bo'yicha yaqin vaqtlarga mo'ljallangan ustuvor vazifalar belgilangan edi. Ushbu vazifalarni bajarishda mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan faol ishlar olib borilmoqda. 

Barcha darajadagi hokimiyat organlari rahbarlari qo'shinlarning kundalik faoliyatida faol va shaxsiy ishtirok etib, harbiy shaharcha va poligonlar infratuzilmasi takomillashtirildi va zamonaviy talablarga javob beradigan qiyofaga keldi. Shu o'rinda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatchilarda g'urur, sadoqat, vatanparvarlik, jangovar ruhiyat va har qanday vaziyatda Vatanni himoya qilishga tayyorlik tuyg'usini mustahkamlash bo'yicha tizimli ishlar olib borilayotganini alohida ta'kidlab o'tish zarur.

Bugungi kunda global axborot makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining roli va ahamiyati ortib bormoqda. Shuning uchun, davlatimiz rahbari tomonidan aholining va birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoitlar yaratish bo'yicha ham ishlar olib borilayotgani ma'lum qilingan. 

Bu borada harbiy okruglar qo'mondonliklari va harbiy qism komandirlari tomonidan mamlakatimiz aholisi va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish bilan bog'liq ishlar “Jasur jangchi – yoshlar uchun namuna” shiori amal qilmoqdaa. Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha ishlar keng ko'lamda amalga oshirilayotganini ham aytib o'tish kerak. 

Yangilanayotgan O’zbekistonda harbiy ichki ishlar davlat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar tizimidagi islohotlar.

So‘z fuqaro muhofazasi samaradorligini oshirish haqida borar ekan, bu borada eng zamonaviy uslublar hayotga tatbiq qilinayotganini e’tirof etmoq kerak. Xususan, vazirlikning Fuqaro muhofazasi institutida zilzilani simulyasiya qilish majmuasining ishga tushirilishi tizimning katta muvaffaqiyatlardan biri bo‘ldi.

Mamlakatimizda yosh avlodning ona-Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati hamda sadoqatini mustahkamlash, ularni sog‘lom va barkamol qilib voyaga etkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham bu boradagi sa’y-harakatlarga keng o‘rin ajratilayotir.

Misol uchun, yurtimizdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari tashkil etilib, klublar o‘rtasida uch bosqichli musobaqalar yo‘lga qo‘yildi. Bunday tadbirlar yoshlarimizda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, nafaqat o‘zlarining, balki o‘zgalarning hayotini saqlab qolish uchun tezkor qaror chiqarish, mustaqil fikrlash, kerak bo‘lsa, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan birga, qutqaruv tuzilmalar zahirasini yaratish imkonini berayapti.

Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganidek, o‘zgalar dardiga befarq odam hech qachon qutqaruvchi bo‘la olmaydi. Chunki qutqaruvchilik – bu oddiy kasb emas, balki insonlar hayotini saqlab qolish uchun o‘zini qurbon qilishga, jasorat ko‘rsatishga hamisha tayyor turish demakdir. Shunisi aniqki, davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – aholi va hududlarni turli tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza etish samaradorligi mazkur soha xodimlaridan yanada mas’uliyat hamda fidoyilikni talab qiladi. Milliy taraqqiyotimizning muhim omili hisoblangan tinchlik va osoyishtalikni asrash nihoyatda dolzarb hamda asosiy vazifaga aylangan hozirgi murakkab zamonda buni chuqur his etib, fuqarolarimiz muhofazasi va ona-Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishdek oliy burchimizni sharaf bilan ado etmog‘imiz shart.

Bugungi kunda global axborot makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining roli va ahamiyati ortib bormoqda. Shuning uchun, davlatimiz rahbari tomonidan aholining va birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoitlar yaratish bo'yicha ham ishlar olib borilayotgani ma'lum qilingan. 


Yüklə 340,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə