1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi



Yüklə 185,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix30.12.2023
ölçüsü185,37 Kb.
#167115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi
vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi;
mahalliy budjetlarning yong‘in xavfsizligiga, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining
ta’minoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini ta’minlaydi;


yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yong‘indan saqlash xizmatining
mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘linmalarini belgilangan tartibda
saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlaydi;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini amalga
oshiradi;
tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
9-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini
ta’minlashdagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga ko‘maklashadi;
yong‘in nazoratining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham
ishtirok etishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Yüklə 185,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə