1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

58-modda. Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish
Ma’muriy hujjatning amal qilishi:
agar ma’muriy hujjat muddatli xususiyatga ega bo‘lsa, ma’muriy hujjatning amal qilish
muddati o‘tishi;
ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish bilan bog‘liq shartning yuzaga kelishi;
ma’muriy hujjatning bekor qilinishi;
tartibga solish predmetining barham topishi munosabati bilan tugatiladi.
Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish uning asosida berilgan hujjatlar amal
qilishining tugatilishiga olib keladi.
59-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy
hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki
o‘zgartirilishi mumkin.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish zaruriyati qonunchilikdagi o‘zgartishlar,
jamoat manfaatlariga bo‘lgan tahdidning oldini olish, ma’muriy hujjatning qonunchilikka
nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda va qonunda nazarda tutilgan
boshqa hollarda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatni o‘z tashabbusiga ko‘ra
bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli.
(59-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda ma’muriy hujjatlar faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki
o‘zgartiriladigan hollar nazarda tutilishi mumkin.
(59-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy hujjat qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, u ma’muriy organ
tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi kerak.
(59-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo‘lgan hollarda, ma’muriy hujjatni
bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, ma’muriy hujjat
asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, o‘z mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki
ma’muriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan bo‘lsa,
uning ishonchi himoya qilinishi lozim.
Manfaatdor shaxsning ishonchi quyidagi hollarda himoya qilinmaydi, agar:
manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatlarini
bajarmagan bo‘lsa;
manfaatdor shaxs o‘ziga ma’muriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablag‘laridan,
buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan bo‘lsa;


manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning g‘ayrihuquqiyligini bilgan yoki o‘z aybiga ko‘ra bu
haqda bilmagan bo‘lsa;
ma’muriy hujjat aldash, tahdidlar yoki ma’muriy organga boshqacha tarzda g‘ayrihuquqiy
ta’sir ko‘rsatish oqibatida qabul qilingan bo‘lsa;
qonun manfaatdor shaxslar ishonchining himoyasini hisobga olmagan holda ma’muriy
hujjatni bekor qilishni talab etsa.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu modda yettinchi
qismining 
ikkinchi — beshinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan hollarda g‘ayrihuquqiy ma’muriy
hujjat orqaga qaytish kuchi bilan, uni bekor qilishning yoki yo‘q qilishning aniq paytini belgilash
orqali bekor qilinishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxsning ishonchidan qat’i nazar, qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan
ma’muriy hujjat, agar uning saqlab qolinishi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan bo‘lsa,
ma’muriy organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.
(59-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonish sababli kelib chiqqan
yoki muqarrar bo‘lgan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi.
Mulkiy zararning o‘rnini qoplash ma’muriy hujjatning mazmuniga ko‘ra manfaatdor shaxs
olishi kerak bo‘lgan naf miqdoridan oshmasligi kerak. Mulkiy zararning o‘rnini qoplash
to‘g‘risidagi talab manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat bekor qilinganligi haqida xabardor qilingan
paytdan e’tiboran bir yil ichida taqdim etilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq qabul qilingan ma’muriy hujjat quyidagi hollarda ma’muriy organ
tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin:
(59-modda o‘n ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
qonun talablariga muvofiq yoki bunday imkoniyat bevosita ma’muriy hujjatning o‘zida
nazarda tutilgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
agar keyinchalik o‘zgargan haqiqiy holatlar tufayli yoki qonunchilikdagi o‘zgartishlar
asosida jamoat manfaatlariga zarar yetishining oldini olish maqsadida ma’muriy hujjatni bekor
qilish zarur bo‘lsa;
(59-modda o‘n ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
agar ma’muriy hujjat bilan qo‘shimcha majburiyatlar bog‘liq bo‘lsa va manfaatdor shaxs
ularni bajarmagan bo‘lsa;
agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat asosida o‘ziga berilgan pul mablag‘laridan,
buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan bo‘lsa;
agar ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish ushbu hujjat yuborilgan manfaatdor
shaxs foydasiga amalga oshirilsa va bunda boshqa manfaatdor shaxslarga qiyinchilik
tug‘ilmasa.
Xuddi shunday mazmundagi ma’muriy hujjatni takroran qabul qilish uchun boshqa
asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, ma’muriy hujjatni tegishli asoslarda bekor qilishga yoki
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq qabul qilingan ma’muriy hujjat faqat ushbu modda o‘n ikkinchi
qismining
ikkinchi

to‘rtinchi
va 
beshinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan hollarda, uni bekor
qilish uchun aniq paytni belgilash orqali, orqaga qaytish kuchi bilan bekor qilinishi mumkin.
(59-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Ilgari qabul qilingan ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ma’muriy
hujjatni qabul qilayotganda ma’muriy organ bekor qilinayotgan yoki o‘zgartirilayotgan ma’muriy
hujjatning qaysi qismi va qaysi vaqtdan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotishini belgilashi kerak.
Ma’muriy hujjat qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə