1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Tinglanish imkoniyatining mavjudligi prinsipi



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

9-modda. Tinglanish imkoniyatining mavjudligi prinsipi
Ma’muriy organ manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga
ega bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berishi shart.
10-modda. Ma’muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi prinsipi
Ma’muriy tartib-taomillar ochiq, shaffof va manfaatdor shaxslar uchun tushunarli bo‘lishi
lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organlar ma’muriy tartib-taomillar haqidagi axborotdan davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan usullar orqali
erkin foydalanilishini ta’minlashi shart.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-maydagi O‘RQ-369-son “Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining 
11-moddasi
.
11-modda. Manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi prinsipi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy ish yuritish davomida yuzaga keladigan, qonunchilikning bartaraf etib
bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklari va noaniqliklari manfaatdor shaxslar o‘rtasida
kelishmovchiliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu manfaatdor shaxslar foydasiga talqin
qilinadi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi prinsipi
Manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug‘dirish, faqat rasmiy qoidalar va
talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning
huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma’muriy organlarga taqiqlanadi.
Agar manfaatdor shaxs vijdonan harakat qilgan, o‘z majburiyatlarini mazmunan bajargan
bo‘lsa hamda rasmiy qoidalar va talablarning yo‘l qo‘yilgan buzilishlari ma’muriy ishni
mazmunan to‘g‘ri hal qilishga to‘sqinlik qilmasa, manfaatdor shaxs tomonidan rasmiy qoidalar
va talablarga rioya etilmaganligi nomuvofiq ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun asos bo‘lib
xizmat qila olmaydi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə