1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja



Yüklə 282,43 Kb.
səhifə13/17
tarix29.11.2023
ölçüsü282,43 Kb.
#143271
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-мавзу

Ekstremal psixologiya - insonnning o’zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir ko’rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya so?asi.
Oila psixologiyasi - oila psixologiyasini o’rganuvchi, fanlararo tadqiqot qilishga yo’nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya - Hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi.
Fan rivojlanib, taraqqiy etib borishi jarayonida uning sohalari ham kengayib bormoqda.
Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Psixologiyaning asosiy metodlari. Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
2-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. Jadval 2.

Yüklə 282,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə