1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja


Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati



Yüklə 282,43 Kb.
səhifə17/17
tarix29.11.2023
ölçüsü282,43 Kb.
#143271
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-мавзу

3. Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati
Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo’lgan ijtimoiy voqyelik hukm suradi. Hayvon o’z to’dasidagi a’zolariga yaqqol holat bilan bog’liq bo’lgan, bevosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan «o’zining tili»da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farkli o’laroq nutq vositasida o’z qabiladoshlariga o’tmish (xotirot), hozirgi davr va kelajak to’g’risida ma’lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega.
Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi orasidagi farqi tafakkurda ham o’z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig’ida namoyon bo’ladi va muayyan shart-sharoitlar vujudga kelganida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sodda) tafakkur mavjud bo’lib, chamalash orqali mo’ljal olishga, favquloddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo’naltirilgandir. Hayvonlar, aniqrog’i maymunlar ayrim hollarda «qurol» yasash va undan muayyan masala hal etishda foydalanish hodisalari tajribalarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavhum tarzda amaliyotga tatbiq eta bilmagan. Holbuki shunday ekan, hayvonlar idrok qilish ko’lamidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavhumlikka o’ta olmaydi, hatto bunday vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo’q. Hayvon yaqqollik, bevosita idrok qilishlikni quli bo’lsa, aksincha inson mavhum fikrlashning gultojisidir. Inson bilan hayvon o’rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga o’tish imkoniyatiga ega; b) favquloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi ehtimol oqibatni oldindan payqash layoqati mavjud; v) qiyinchiliklar uchrasa, ularni yengish uchun qo’shimcha vositalar qo’llash, o’zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi. Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa inson uni sozlaydi, yomg’ir yog’sa narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo’ysa himoyalanish yo’l-yo’riqlarini o’ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, aksincha u kelajakni ko’ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mahsulini oldindan payqash, fe’l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta’sirotga bo’ysunishni taqozo etadi. Shaxsni mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga bevosita bog’liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta’siriga javob berish bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta’sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir.
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining quyidagi xususiyatlari bilan farq kiladi:

  1. Inson uzi anglagan zaruratga ko’ra ongli xatti-harakat qilish qobiliyatiga ega.

  2. Odamning xayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga va saqlashga layoqatli ekanligidir. Xayvonlar xam qurol yasashi mumkin, lekin ular qurolni odamlar singari birgalashib,jamoa bo’lib yasamaydi.

  3. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidir.

  4. His-tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson o’rtasidagi turtinchi juda muxim tafovut bulib hisoblanadi. His-tuygu ikkisida xam bor. Faqat inson boshqa kishining gam-gussasini va quvonchini birgalikda baxam ko’ra oladi, faqat odamgina tabiat manzaralaridan zavqlanadi.

  5. Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadi. Agar xayvonlar psixakasining o’sishi biologik qonunlar asosida ro’y bersa. Inson tajribani o’zlashtirmasdan, uziga o’xshaganlar bilan muloqotda bo’lmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.

Yüklə 282,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə