1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


Xoʻjalik hisobini qanday tavsiflaysiz?



Yüklə 137,07 Kb.
səhifə5/46
tarix11.12.2023
ölçüsü137,07 Kb.
#146782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob

16 2 3 2 Xoʻjalik hisobini qanday tavsiflaysiz? «Xo„jalik» deganda ma‘lum maqsadlarga yo’naltirilgan,o’zining bazisi va ustqurmasiga ega bo’lgan sub‘ektlar tushuniladi. Xo‗jalik sifatida qaraladigan sub‘ektlar bo‗lib bir butun mamlakatning o‗zi va uning turli tarkibiy bo‗linmalari, masalan, tarmoqlari, sohalari, mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi xo‗jalik xalq xo‗jaligi, uning eng qo‗yi bo‗g‗inidagi xo‗jalik korxona xo‗jaligi deb ataladi. Iqtisodiyotning yuqori va qo‗yi bo‗g‗inlari o‗rtasidagi xo‗jaliklarga tarmoqlar, sohalar, birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar xo‗jaliklari kiradi. «Hisob» - bu xo‗jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari to‗g‗risidagi axborotlarni yig‗ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. Demak, hisobning asosiy mahsuli bo‗lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi bo‗lib, bu axborotlarni aniq, to‗liq va o‗z vaqtida yig‗ish, qayd etish, guruhlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi. Shunday qilib, ikki so‗z yig‗indisidan tashkil topgan «xo‗jalik hisobi» xalq xo‗jaligining turli bo‗g‗inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini soniy va sifat jihatdan harakterlovchi axborotlarni yig‗ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimidir.
17 3 1 2 Buxgalteriya hisobi haqida ma’lumot bering?
Buxgalteriya hisobini fan sifatida vujudga kelishiga eng katta hissa qo‗shgan maktablardan biri bo‗lib Italiya maktabi hisoblanadi. Aynan ushbu maktab vakili, mutaxassisligi bo‗yicha matematik bo‗lgan Luka Pacholi (1445-1517) buxgalteriya hisobi fanini yaratuvchisi sifatida butun dunyo mamlakatlarida tan olingan. Uning 1494 yilda chop etilgan «Schetlar va yozuvlar to‗g‗risida traktat» nomli asari birinchi marta buxgalteriya hisobini fan sifatida o‗qitilishiga asos solgan. Buyuk olimning asarida birinchi marta buxgalteriya schetlari, ularga ikki yoqlama yozish tushunchalari kiritildi, ularning mohiyati ochib berildi , bu yozuvni amalga oshirishda to‗rtta omil, ya‘ni sub‘ekt, ob‘ekt, vaqt, joy hisobda ko‗rinib turilishlik zaruriyatlari isbotlandi. Luka Pacholi o‗z asarida buxgalteriya hisobida ikkita postulatni (schetlar tizimida debet va kredit oborot summalari, debet va kredit qoldiq summalari hamma vaqt bir-biriga teng bo‗lishi kerak), shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzni tan olishning ikkita tartibini ( hech kimni qarzdor (debitor ) deb bo‗lmaydi, agarda u buni tan olmasa; hech kimni ishonchli vakilim (kreditor) deb bo‗lmaydi, agarda ma‘lum shartlarda u bunga o‗zi rozi bo‗lmasa) yaratdi. Buxgalteriya hisobi — bu barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz hujjatlar asosida hisobga olish yoii bilan buxgalteriya axborotlarini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimdan, shuningdek, uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.

Yüklə 137,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə