1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


Buxgalteriya hisobi boshqaruvning qaysi boʻgʻinida yuritiladi?



Yüklə 137,07 Kb.
səhifə3/46
tarix11.12.2023
ölçüsü137,07 Kb.
#146782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob

5 2 1 1 Buxgalteriya hisobi boshqaruvning qaysi boʻgʻinida yuritiladi?
6 1 1 1 Xodimlarning ishga kelishi va ketishi toʻgʻrisida maʼlumotlar bering?
Operativ-texnik hisob deganda xo‗jalik bo‗limlari tomonidan u yoki bu maqsadda yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Kadrlar bo‗limini xodimlarni ishga o‗z vaqtida kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‗ini yoki masterining stanoklarni ish holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‗la oladi.
7 2 1 1 Oʻzbekiston Respublikasida qanday hisob turi reglamentlashtirilgan?
Reglamentlashtiriladigan hisob deganda shakli va mazmuni, yuritish texnikasi va tartibi ma‘lum me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solingan hisob tizimi tushuniladi. Tartibga soluvchi hujjatlar bo‗lib qonunlar, farmonlar, milliy standartlar, nizomlar, yo‗riqnomalar hisoblanadi. Reglamentlashtiriladigan hisobga O‗zbekiston Respublikasida moliyaviy hisob va statistik hisob kiradi. Ushbu hisob turlari shakl va mazmun jihatdan hamma uchun bir xildir
8 3 3 1 Xoʻjalik faoliyatini taʼmin etuvchi obyektlarga nimalar kiradi?
Xo„jalik faoliyati. Har qanday korxonaning xo‗jalik faoliyati deganda unda yuz beradigan ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining majmuasi tushuniladi.Korxona faoliyat ko‗rsatishi uchun unga mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, pul mablag‗lari va boshqa ta‘minotlar kerak bo‗ladi. Ta‟minot deb atalmish bu jarayonni, odatda, korxonaning maxsus ta‘minot bo‗limi xodimlari olib boradilar. Ushbu jarayonsiz faoliyatning keyingi jarayonlari, ya‘ni ishlab chiqarish va sotish jarayonlari amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun korxona ning doimiy faoliyat ko‗rsatishi aynan ta‘minot jarayonining uzliksizligiga bevosita bog‗liqdir.
9 3 2 1 Buxgalteriya hisobi obyekti haqida ma’lumot bering?

10 2 2 2 “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanining predmeti, metodi va boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi haqida ma’lumot bering?
Buxgalteriya hisobining predmeti deganda umuman olganda korxona va tashkilotlarning xo‗jalik faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar va ularni yuritilishini ta‘minlovchi mablag‗lar, mablag‗larning tashkil topish manbalari, shuningdek xo‗jalik faoliyatining natijalari tushuniladi. Buxgalteriya hisobini fan sifatida vujudga kelishiga eng katta hissaqo‗shgan maktablardan biri bo‗lib Italiya maktabi hisoblanadi. Aynan ushbu maktab vakili, mutaxassisligi bo‗yicha matematik bo‗lgan Luka Pacholi (1445-1517) buxgalteriya hisobi fanini yaratuvchisi sifatida butun dunyo mamlakatlarida tan olingan. Uning 1494 yilda chop etilgan «Schetlar va yozuvlar to‗g‗risida traktat» nomli asari birinchi marta buxgalteriya hisobini fan sifatida o‗qitilishiga asos solgan. Buyuk olimning asarida birinchi marta buxgalteriya schetlari, ularga ikki yoqlama yozish tushunchalari kiritildi, ularning mohiyati ochib berildi , bu yozuvni amalga oshirishda to‗rtta omil, ya‘ni sub‘ekt, ob‘ekt, vaqt, joy hisobda ko‗rinib turilishlik zaruriyatlari isbotlandi. Luka Pacholi o‗z asarida buxgalteriya hisobida ikkita postulatni (schetlar tizimida debet va kredit oborot summalari, debet va kredit qoldiq summalari hamma vaqt bir-biriga teng bo‗lishi kerak), shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzni tan olishning ikkita tartibini ( hech kimni qarzdor (debitor ) deb bo‗lmaydi, agarda u buni tan olmasa; hech kimni ishonchli vakilim (kreditor) deb bo‗lmaydi, agarda ma‘lum shartlarda u bunga o‗zi rozi bo‗lmasa) yaratdi. Buxgalteriya hisobining metodining mohiyati unda qo‗llaniladigan usullarda yorqin namoyon bo‗ladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi: 1. Buxgalteriya balansi 2. Buxgalteriya hisobi schetlari 3. Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv 4. Baholash 5. Kalkulyatsiya 6. Hujjatlashtirish 7. Inventarizatsiya 8. Moliyaviy hisobot.

Yüklə 137,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə