1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə14/125
tarix20.03.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#102860
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
6-s-f-d-i-t

6.Uyga topshiriq. Nima sababdan uzoq vaqt buralgan holatda bo’lgan gaykani, garchi boltli birikma zanglatmaydigan po’latdan tayyorlangan bo’lsa-da, burab chiqarish qiyin bo’ladi, kabi savollar tuzish va javob yozish.
7-dars Sana: 6- sinf
MAVZU: QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARNING
MOLEKULYAR TUZILISHI.
Laboratoriya ishi-1: Suyuqliklarda diffuziya hodisasini o’rganish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: - moddalarning turli holatidagi molekulyar tuzilishi bilan o’quvchilarni tanishtirish. - turli muhitlarda diffuziya hodisasini o’rganish va undan amaliyotda foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’ziga ishonch ruhini tarbiyalash. Jismoniy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
DTS talabi: Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishini bilishi.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usullari: “Sayohat” nomli didaktik o’yin. Savol-javob. Ajurli arra(zig-zag), Bingo o’yini.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi. va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Qattiq jismlar molekulyar tuzilishi haqidagi modellar.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga Diffuziya, Broun, suv, muz, suv bug’i, osh tuzi ismlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. Taqdimot 1 daqiqadan song o’tkaziladi.
2. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tilganlar takrorlanib, o’quvchilar baholanadi.


Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə