1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə10/125
tarix20.03.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#102860
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
6-s-f-d-i-t

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
DTS talabi: Molekulalarning o’zaro ta’siri va harakati, Broun harakatini bilishi.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usullari: Binar, mustaqil ish, guruhda ish, og’zaki so’rov. Yo’naltiruvchi savollar. Darslik va multimediya darslik bilan ishlash.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Broun harakatini ko’rsatuvchi model
3. Tajriba-namoyish ko’rsatish uchun jihozlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
O’quvchilarga molekula,kislorod, suv, atom, modda, karbonat angidriq ismlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni parta ustiga qo’yilgan kattaroq plakatdan topib birlashish taklif etiladi.
2. O’tilganlarni takrorlash O’quvchilar guruh nomini taqdim etadilar. Taqdimotda qisman bo’lsa ham o’tilgan mavzu takrorlanadi.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Mavzuni o’rganishni tajriba-namoyish o’tkazishdan boshlash mumkin. Buning uchun darslikda keltirilgan halqadan metall sharni o’tkazish, xonada atir ochish tajribasi ko’rsatiladi va sababi o’quvchilardan so’raladi..
Shundan so’ng diffuziya hodisasi haqida gapirib o’tiladi. Diffuziya orqali molekulyar harakat tushunchasi kiritiladi. Bu harakatning tartibsiz va to’xtovsiz ekanligini ko’rsatish uchun quyidagi qiziqarli tajriba o’tkaziladi. Sinfga puflab shishirilgan shar qo’yib yuboriladi. Bolalar uni turtib o’ynashlaridan oldin "1 minutdan so’ng bu shar sinfning qaysi joyida bo’ladi? degan savol qo’yiladi. Albatta uni aniq aytish qiyin. So’ngra bir nechta turli rangdagi sharlar qo’yib yuboriladi. Bunda birorta aniq rangdagi shar, masalan, "yashil" sharning 20 sekunddan so’ng qayerda bo’lishini aytib berish so’raladi. Albatta, uni ham aytib bo’lmaydi. Demak, sharlar qancha ko’p bo’lsa, ularning harakati shunchalik tartibsiz bo’ladi. Molekulalarda "turtuvchi kuch" vazifasini shu sharlarning o’zaro ta’siri va to’qnashuvi o’ynaydi, deb Broun harakati tushunchasi kiritiladi. Yog’ochni sindirib, uni qayta ulash misolida molekulyar kuchlarning ta’sir doirasi haqida tushuntirish beriladi. Suyuqliklarda molekulyar kuchlarni ko’rsatish uchun sezgir dinamometrga shisha plastinaning katta yuzasini pastga qaratgan holda bog’lanadi va ehtiyotlik bilan suyuqlik yuzasiga tekkiziladi. Plastinani yuqoriga ko’tarishda dinamometr prujinasi biroz cho’zilib, keyin plastina suyuqlik yuzasidan uzilganligi kuzatiladi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə