1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi


Dars turi: Yangi bilim berish. Dars usullari



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə6/125
tarix20.03.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#102860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
6-s-f-d-i-t

Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usullari: Binar, O’zaro bir-birini o’qitish, Guruhlarda ish.. Taqdimot “Koptok o’yini”
Dars materiallari va jihozi: 1. Fizika darsligi va fizikadan multimediya darsligi.. Kopyuter. 2. Olim va allomalarning portretlari.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga Demokrit, Ar-Roziy, Beruniy, Ibn-Sino, Sh. Mirzayev, S. Astanov, S. Qahhorov ismlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar yangi mavzu bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar Savol qo’yidagicha qo’yiladi. Bu fizik olimlar haqida nimalarni bilasiz? Ular qanday ishlarni amalga oshirganlar.
2.O’tilgan mavzuni eslash:
1. Darslikdagi rasmda keltirilgan menzurkaning o’lchash chegarasi qanchaga teng?
2. 1 kg modda necha grammga teng?
3. Vaqtning qanday o’lchov birliklarini bilasiz?
4. Jism massasi tarozi yordamida qanday o’lchanadi?
5. Menzurka yordamida qanday kattalik o’lchanadi?
3. Yangi mavzuning bayoni.
Tashkiliy qismdan so’ng yangi bobni o’rganishga kirishilganligi va bu bobda o’rganiladigan asosiy muammolar bilan qisqacha suhbat o’tkaziladi. So’ngra modda tuzilishini o’rganish tarixi haqida eslatilib, jahon olimlari bilan bir qatorda vatandoshlarimizdan ham ko’pchiligi bu sohada mehnat qilganliklari aytiladi.
Yangi mavzuni "o’zaro bir-birini o’qitish usuli"da o’rganish mumkin O’qituvchi aylanib yurib, ularni boshqaradi. Dars yakunida o’qituvchi o’quvchilar qoldirgan joylarini to’ldiradi va yo'l qo’ygan xatoliklarini tuzatadi. Dars jarayonida milliy g’urur va vatanparvarlik hissiyotlari hamda uning uzviy davomi sifatida milliy g’oyasi o’quvchilar ongiga singdiriladi.
O’qituvchi quyidagi ta’limiy o’yinlarni o’quvchilar bilan o’tkazsa darsni jismoniy tarbiya bilan bog’lagan bo’ladi.
Koptok o’yini” ni .
Bunda o’quvchilar bir joyga to’planib koptokni bir –birlariga otadilar. Bu o’yinni butun sinf bilan, agar dars shovqun bo’ladi desangiz 10 ta o’quvchi bilan o’ynash mumkin. Koptok o’yinini kuzatib xulosa chiqariladi. O’yinning ma’nosi shundan iboratki, bolalar molekula, koptok esa chang zarrachasi.


Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə