1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə7/125
tarix20.03.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#102860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
6-s-f-d-i-t

4. Darsni mustahkamlash.
Multimedaya darslikni ochib fizik olimlar bilan tanishish. Olgan ma’lumotlarini yanada boyitish.
5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.
6. Uyga topshiriqlar. Darslikdan 5 - mavzu oxiridagi savollarga javob topib kelish.
Quyidagi she’rni yodlash. (Bu she’r Demokritning atomlar haqidagi ta’limotining asosiy g’oyasi(mazmuni) rim shoiri va faylasufi Lukresiyning “O prirode veshey” deb nomlangan klassik poemasida bayon etilgan.
So’zlay tingla, gapim, o’zing ham beshak, iqror bo’lo’rsan.
Mavjud jismlar bor, ko’z bilan ko’ra olmasmiz bizlar.
Shamol dengizlarga ayonkim dahshat g’alayon solar,
Ulkan kemalarni aylab g’arq, ko’kdan bulutlar haydar.
Va yoki keng dalalarda quyun bo’lib aylanar g’ir-g’ir.
Baland cho’qqilarni, daraxtlarni qulatib ketar.
4-dars Sana: 6- sinf
MAVZU: MOLEKULALAR. ULARNING O’LCHAMLARI
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: - o’quvchilarga moddaning eng kichik zarrachalari to’g’risida ma’lumot berish; - molekulalarning o’lchamlarini aniqlash usuli bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: O’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini oshirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.

DTS talabi: Moddaning zarrachalardan tashkil topganligi, ularning o’zaro ta’sirda bo’lishi hamda uzluksiz harakat haqida tasavvurga ega bo’lishi.
Dars turi: Yangi bilim berish.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə