1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə8/125
tarix20.03.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#102860
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
6-s-f-d-i-t

Dars usullari: Binar, mustaqil ish, guruhda ish,Og’zaki so’rov. Yo’naltiruvchi savollar.Darslik bilan ishlash.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter.. CD disk.
2. Molekulalar modellari va ularning rasmi tushirilgan plakatlar. 3. Doska, bo’r.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga Demokrit, Ar-Roziy, Beruniy, Ibn-Sino, modda, atom,Arastu ismlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar guruh nomi bo’yicha fikrlarini bildiradilar. Guruhlarning taqdimoti bilan o’tgan mavzu so’rab olinadi.
2. O’tilganlarni takrorlash uchun doskaga oldindan quyidagi savollarni yozib qo’yish mumkin:
1. Demokritning atom nazariyasi nimalardan iborat?
2. Beruniy atom tuzilishi to’g’risida ibn Sinoga qanday savollar yo’llagan?
3. Ibn Sino modda tuzilishi haqida qanday fikrlar aytgan?
4. Ar-Roziyning atomlar haqidagi fikrlari nimalardan iborat?
Bunday savollarga javoblarni o’quvchilardan og’zaki so’rov usulida olish mumkin.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzu mazmunini ochish uchun o’quvchilarga shunday yo’naltiruvchi savollar qo’yilishi mumkin:
1. Nima sababdan aynan bitta modda qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lishi mumkin?
2. Moddaning qanday eng kichik zarrachasi uning asosiy xossalarini saqlab qoladi?
O’quvchilarning fikrlarini tinglagandan so’ng darslikni ochib o’qish va qo’yilgan savollarga javob yozish taklif etiladi. Savollarga javob qidirish borasida molekula tushunchasi kiritiladi. Darslikda keltirilgan moddalar molekulasining tuzilishi ko’rsatiladi. Plakatlardan boshqa moddalar molekulalarining tuzilishi ham ko’rsatiladi. Shundan so’ng atom tushunchasi kiritiladi.
Sinfga quyidagicha savol tashlanadi:
1. Agar moddalar atom va molekulalardan tashkil topgan bo’lsa, nega biz ularni ko’rmaymiz?
Shunda ularning juda ham kichikligi, lekin ulardan ayrimlarini birgalikda o’lchab ko’rish mumkinligi aytiladi. O’lchash usuli darslikda keltirilgan. Molekula o’lchamining kichikligi solishtirish orqali ko’rsatiladi. Masalan, agar suv molekulasining yuz million donasini zich qilib bir qatorga terilsa, bor-yo’g’i 2 sm uzunlikka ega bo’ladi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə