1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə8/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
PF-158 11.09.2023

1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar

22.

Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish.

Ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan muhtojlarning barchasi to‘liq qamrab olinishiga erishish.

Ijtimoiy xizmatlarni majmuaviy amalga oshirish uchun respublikaning barcha tuman va shaharlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini tashkil qilish.

23.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish.

Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarning sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash darajasini 100 foizga yetkazish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash orqali ular bandligini 2 barobarga oshirish.

Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarni reabilitatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mavjud infratuzilma holatini baholash tizimini joriy qilib, qulay va maqbul muhitni yaratish.

To‘siqsiz turizm” dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1 000 nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish.

24.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.

Jamiyatda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka toqatsizlik madaniyatini shakllantirish.

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni parvarishlash bo‘yicha muqobil noinstitutsionallashgan shakllarni joriy qilish.

25.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash.

Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish.

Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.

“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

26.

Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Har yili 1 milliondan ortiq nuroniylar uchun respublika bo‘ylab diqqatga sazovor joylar, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalariga sayohatlar tashkil etish.

Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar qamrovini kamida 30 foizgacha oshirish.

27.

Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish.

2026-yilga qadar kambag‘allikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish.

Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish.

Ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash.

28.

Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish.

Mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandligini ta’minlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizgacha tushirish.

Homiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaxs tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning to‘lovlar uchun mablag‘lari mavjud bo‘lmagan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatidagi sug‘urta to‘lovlarini kafolatlangan ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali amalga oshirishni tashkil etish.

29.

Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə