1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə5/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
PF-158 11.09.2023

5 ta oliy ta’lim muassasasini milliy tadqiqot oliygohlariga aylantirish.

Qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish.

Kutubxonalarni kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirish va k�tubxona fondini to‘liq raqamlashtirish.

9.

Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish.

Fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so‘m mablag‘ ajratish.

Fundamental tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha 8 ta yetakchi xorijiy ilmiy maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi ilmiy dasturlar uchun 2 trillion so‘m ajratish.

10.

Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish.

Amaliy tadqiqotlarga Davlat b�djetidan 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish.

Iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yo‘nalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish.

Amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratish.

Transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-chiqarish klasterini tashkil etish.

11.

Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash.

40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqini o‘rtacha 2 barobarga oshirish.

Ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik tanlovlar sonini 20 taga yetkazish.

Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini 5 200 taga yetkazish.

12.

Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.

Har bir million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar sonini 2 ming nafarga yetkazish.

Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə