1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


II. BARQAROR IQTISODIY O‘SISh ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASh



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə14/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
PF-158 11.09.2023

II. BARQAROR IQTISODIY O‘SISh ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASh

45.

2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish.

Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish.

Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni zarur darajadagi energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan ta’minlash.

Pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaxshilashga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish orqali 2030-yilga borib yillik inflatsiyani 5-6 foiz darajasida ta’minlash.

Iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish.

Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 50 foizdan oshmasligi uchun o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasini amalga oshirish.

Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik o‘rtacha 7 foiz atrofida o‘sishini ta’minlash.

46.

Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizdan va kelgusi yillarda 3 foizdan past bo‘lgan miqdorda bo‘lishini ta’minlash.

Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish” amaliyotiga o‘tish.

Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini qo‘shimcha kengaytirish imkoniyatidan foydalanish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə