1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


Markirovkalash va raqamlashtirish tizimi



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə15/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
PF-158 11.09.2023

Markirovkalash va raqamlashtirish tizimi samarasini oshirish va kengaytirish orqali soliq ma’murchiligi tizimining samaradorligini yanada oshirish.

Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni daromadliligi va Davlat budjetiga yukini inobatga olib, ularni tasniflash hamda loyiha yo‘nalishlari bo‘yicha boshqarish tizimini joriy etish.

47.

Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan san�atni rivojlantirish.

Sanoatda ishlab chiqariladigan texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish.

Qayta ishlash sanoatida mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish.

Yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo‘lgan mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar, oltin — 1,5 barobar, kumush — 3 barobar, uran — 3 barobar oshirish.

Kon zaxiralarini baholashda ilg‘or xalqaro standartlarni keng joriy qilish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yirik kimyo-polimer klasterlarini tashkil etish va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish.

Avtomobilsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish va ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish.

Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish va barcha maishiy texnikani ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 1,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish.

Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish mexanizmlarini nazarda tutuvchi sanoat ipotekasi tizimini joriy etish.

Tog‘-kon metallurgiya, kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik kabi sohalarda ilg‘or muhandislar maktablarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yirik korxonalarda o‘zlarining kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etish.

Metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish.

Elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, metallni qayta ishlash, geologiya, energetika, bio-texnologiya, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, transport va logistika kabi yo‘nalishlarda “Izlanish va rivojlantirish” (R&D) markazlarini tashkil etish.

48.

Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish.

Sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish va 2,5 millionta yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish.

Yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va hududiy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘ygan korxonalarni faol rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.

Har bir tumanda zamonaviy texnologik sanoat zonalarini tashkil etish.

Respublikaning 60 ming kvadrat kilometr maydonida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish.

To‘qimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish hamda yuqori sifatli matoga talabni qondirish uchun 400 ming tonna sun’iy va aralash tola ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə