1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə17/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
PF-158 11.09.2023

Pay va venchur jamg‘armalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali portfel investitsiyalar hajmini 2 barobarga oshirish.

40 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini “Xalq IPO”siga chiqarish, aholini IPOda qatnashishini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish.

Chet ellik nominal saqlovchilar hamda kastodian banklarning mahalliy kapital bozorida qatnashishi uchun infratuzilmani yaratish.

Barcha iqtisodiy zonalarda zarur infratuzilmadan (yo‘l, elektr energiyasi, suv va oqova tizimi) uzluksiz foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

50.

Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish.

Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard dollarga yetkazish, bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish.

Banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish, bank bozoriga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banklarini jalb qilish.

Banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablarni joriy qilish orqali me’yorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish.

Kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish.

Sudga kiritilgan da’volar bo‘yicha kreditlarga oshirilgan foiz va jarima hisoblashni to‘xtatish mexanizmlarini joriy qilish.

51.

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming MVt hamda jami iste’moldagi ulushini 40 foizga yetkazish.

Sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini rivojlantirish va “ekologik markirovkalash” amaliyotini joriy qilish.

3 GVt quvvatli 3 ta issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish orqali tabiiy gaz sarfini kamaytirish.

Ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarning energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimini joriy etish.

Shaharlarda jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish.

Iqlim o‘zgarishi sohasida barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimini (MRV) yaratish.

Issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 2010-yildagi darajadan 30 foizga qisqartirish.

52.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan elektr energiya miqdorini 120 milliard kVtga yetkazish.

Tabiiy gaz qazib olish hajmini 62 milliard kub metrga yetkazish.

Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish.

Energiya resurslari bozorini tartibga solish bo‘yicha mustaqil regulyatorni tashkil etish, elektr energiyasini sotib olish, sotish va yetkazib berish funksiyalarini ajratish.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni taqsimlash, generatsiya qilish va iste’molchiga yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə