1. Endoplazmatik to‘r (retikulum). Ribosomalar. Golji kompleksi



Yüklə 76 Kb.
səhifə10/13
tarix23.06.2022
ölçüsü76 Kb.
#89989
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Hujayra organoidlari

Leykoplastdar. Plastidalar orasidagi eng maydasi hisoblanadi va rangsiz bo‘lib, aniq shaklga ega bo‘lmaydi. Leykoplastlarni 1854 yilda Kryuger topgan. Ularning ichki tirik massasi qo‘shqavat membrana bilan qurshalgan bo‘lib, ichki strukturasida lamellalar juda oz bo‘ladi. Lekin leykoplastlar yorug‘lik ta’sirida ichki lamellalar strukturasini rivojlantirib, yashil plastidalarga aylanish hususiyatiga ega.
Zapaslanish zarur bo‘lgan qandning leykoplastlar stromasida polimerlashib, ikkilamchi kraxmalga aylanishi leykoplastlarning eng muxim hususiyatidir. Leykoplastlar odatda o‘simlikning yorug‘lik kirolmaydigan, rangsiz to‘qimalarida kuzatiladi. Chunochi, ular meristema to‘qimalarida, sporalarida, gametalarida, urug‘larida, tugunchalarida, ildizpoya vaboshqa kraxmal to‘planadigan organlari to‘qimalarida bo‘ladi. Leykoplastlarni bir pallali o‘simliklardan trodeskansiya, orxideya savrinjon va boshqalarning epidermis to‘qimasi hujayralarida ham kuzatish mumkin (etioplasslar). Leykoplastlar mayda bo‘lganligidan ularni mikroskopda ko‘rish va sonini aniqlash qiyin. Ular ayniqsa hujayra yadrosi atrofida ko‘p uchraydi. Yorug‘lik tushadigan organlardagi leykoplastlarda-etioplastlarda odatda kraxmal to‘plana olmaydi.
Xloroplastlar. Xloroplastning nozik qurilishi juda murakkab bo‘lib, mitoxondriya singari ikki qavat membranadan tashkil topadi. Tashki qavat xloroplast qobiqi vazifasini o‘tasa, ichki membrana ichkariga o‘sib kirib alohida taxlanishi natijasida granalarni hosil qiladi. Grana (qirra)larda membranalar qatlam-qatlam hosil qilib joylashadi. Bu qatlamning 1 qavat membranasi tilakoid deb atalib, grana tarkibida bo‘lganligi uchun grana tilakoidi deb yuritiladi. Xloroplastda granalar soni ortib borishi bilan birga, granalardagi tilakoidlar soni ham ortib boradi. Grana orasidagi bo‘shliq stroma deb ataladi. Granalar o‘zaro membranalar bilan tutashadi, bu tutashtiruvchi membrana stroma yoki lamella tilakoidi deb ataladi (21-rasm). Xloroplast asosan membranali qurilishga ega bo‘lganligi uchun lamelyar tuzilishga ega. Xloroplastning 1-2 % ini karotinoidlar va fermentlar, oz miqdorda RNK va DNK, yog‘ tomchilari va ribosomalar tashkil etadi. Xloroplastning 75 %i suv, 25 % i quruq moddalardan iborat. Qurug‘ moddalarning 30-45 % ini oqsil, 10 % ni mikroelementlardan magniy, temir, rux, mis birikmalari, 10-15% ini zapas moddalar va 20-40 % ini lipidlar tashkil qiladi.
Xlorofill pigmentlari grana va stroma yoki lamella tillakoidlar ichida joylashgan, kattaligi 70-120 A0 keladigan globulalar ichida kvantosomalar joylashadi. Kvantosomalar fotosintez qiluvchi asosiy birlik hisoblanadi va ularda yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.
21-rasm. Xloroplastning tuzilishi

Xloroplastlar matriksida (stromasida) mitoxondriyalarga singari o‘zining DNK, RNK va 70 S ribosomalari bo‘lib, yadrocha bo‘lmagan genetik sistemaga ega. Xloroplastlarning asosan oqsil va lipidlardan tuzilgan stromasida doim maxsus lipidlar (plastoxinonlar) plastoglobulalar deb ataladigan sharchalar holida uchraydi. Bundan tashqari stromada birlamchi kraxmal donachalari va oqsil kristallari bo‘ladi. Ribosomalari bakteriya ribosomalari kabi kichik bo‘ladi. Stromada yana mikrokarnaychalarga o‘xshash strukturalar ham bo‘ladi.


Xloroplast tashqi membranasining yuzasi sitoplazmaning yupqa qatlami bilan o‘ralgan (peristromium). Taxmin qilinishicha peristromium xloroplastning sitoplazmasi ichida amyobasimon harakat qilishda ishtirok qilsa kerak. Xloroplastlar sitoplazma ichida doim harakatda bo‘ladi. Yorug‘lik ta’sirida ular hujayra ichidagi o‘rnini o‘zgartirishi mumkin. Kuchli yorug‘lik xloroplastlarda manfiy fototaksis quzg‘atib, ular hujayraning yon devoriga to‘planadi va o‘zlarining qirralarini yorug‘lik manbaiga qaratdi. Kuchsiz xloroplastlarda musbat fototaksis quzg‘atib, ular hujayraning yorug‘lik manbaiga nisbatan perpendikulyar joylashgan devoriga to‘planadi va o‘zlarining keng sathini nurga tovlaydi. Buning biologik ahamiyati shundaki birinchi holda xloroplast kuchli yorug‘likdan kuyib qolishdan saqlansa, ikkinchi holda xloroplast o‘zining keng sathi bilan yorug‘likdan ko‘proq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Organik moddalarni quyosh energiyasi hisobiga sintezlanib borishi fotosintez jarayonidir. Fotosintez faqat fotosintezlovchi hujayralardagina mavjud bo‘lgan ixtisoslashgan o‘ziga xos organoidlar-xloroplastlarda o‘tadi.
Fotosintezning prinsipal sxemasini quyidagi tenglama shaklida ifodalash mumkin.
6 SO2Q6 N2O Q quyosh energiyasi fotosintez S 6N12O Q60G‘
Lekin fotosintez ko‘p bosqichli murakkab jarayon. Bu jarayonda anorganik uglerodning past energiyali oksidlangan shakli (SO2) dan energiyaga boy qaytarilgan uglerod-uglevod glyukoza sintezlanadi. Reaksiya natijasida molekulyar kislorod ham hosil bo‘ladi. Bu bizning sayyoramizda kislorodning biridan bir manbaidir. Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan mahsulotlarni fotosintezlamaydigan barcha organizmlar iste’mol qiladilar.

Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə