1. haroratni o‘lchash asboblari haqida maʼlumotlar. Termometrlar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/3
tarix10.10.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126514
  1   2   3
1. haroratni o‘lchash asboblari haqida ma lumotlar. Termometrlar


RADIATSION PERIMETRLAR HARORATNI O‘LCHASH TURLARI.
REJA.
1. HARORATNI O‘LCHASH ASBOBLARI.
2. HARORATNI O‘LCHASH ASBOBLARI HAQIDA MAʼLUMOTLAR.
3. TERMOMETRLAR.
4. TERMOPARALAR.
5. PIROMETIRLAR.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
1.Haroratni o‘lchash asboblari.

Haroratni o‘lchash asboblari.Elektrotermiyadaelektrtexnologik jaryonlarni maqsadga muvofiq olib borilishida harorat ko‘rsagichlarini nazoratqilish va zaruriy avtomatikyoki qo‘lda rostlash tadbirlarini o‘tkazish uchun foydalinadi va ular quyidagi turlarga bo‘linadi





Haroratni o‘lchash asboblar turlari

Haroratni o‘lchash asboblari haqida maʼlumotlar.Modda vamateriallarning isigan holat harorati tasnifi bilan aniqlanadi. Tabiatda va amaliyotda va ishlab chiqarishda bo‘lib o‘tayotgan, ko‘p jarayonlarga u taʼsir ko‘rsatadi. Boshqa parmetrlardan farqi, materialning holatini tasniflovchi, haroratini bevosita o‘lchash imkoni yo‘q. Haroratshkalasiga kiritilgan, birlik va sanoq nuqta shartli ravishda qabul qilingan. O‘lchanadigan fizikaviy ko‘rsatkich chiziqli qiymatlar bilan bog‘liq bo‘lgan harorat shinalash, haroratlarning qiymatlari ketma-ketlik tizimidan tashkil topgan. Bunday fizikaviy kattalik moddaning haroratiga bog‘liq bo‘lgan hajm, bosimi, elektr qarshiligi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘lishi mumkin. Hozirgi davrda harorat o‘lcham birligi shkalasi, Selsiy va Kelvinda o‘zaro bir-biriga teng, yaʼni 10S=1K, shu sababli, agar harorat 0Sda bo‘lsa, u holda haroratni Kelvinda aniqlash mumkin(yoki teskari) o‘zaro nisbati bo‘yicha TK=10S+273,15 dan topiladi.


Kontaktli termometrlar – haroratni o‘lchashda, ular bevosita inshoot bilan kontaktda bo‘ladi. O‘lchash inshootning fizikaviy xossasi maʼlum bir darajada haroratiga va aynan: issiqlikdan, bosimi, termoelektrharakat kuchi, elektr qarshiligi, suyuqlikning issiqlikdan kengayishiga asoslangan. Barcha ishlab chiqarilayotgan termometrlar yuqorida keltirilgan, ana shu fizikaviy xossalarga asoslangan va ishlash usuliga qarab ular suyuqlikli, manometrli, termoelektrikli va qarshilik termometrlariga turlanadi.
Suyuqlikli termometrlar – haroratlar maxsus termometrik suyuqlik, haroratning hajm o‘zgarishiga asoslangan. Shisha idishning ichidagi suyuqlik naycha(kapillyar) bilan aloqada, u harorat shkalasi bilan bog‘langan. Shisha va suyuqlik harorat kengayishi harxil bo‘lganligi sababli harorat o‘zgarganda naychadagi suyuqlik ustuni balandligi ham o‘zgaradi. Shisha idish va naycha suyuqlik ko‘rsatgichiga bevosita taʼsir ko‘rsatishi sababli suyuqlikli termometrlarni asosiy tuzilishi bo‘yicha shishali deyiladi.Termometrik suyuqlik turiga qarab, shishali termometerlar simobli va simobsiz chiqariladi. Simobli termometrlar o‘lchov oraliqlari -35dan +6500S gacha, simobsiz termometrlar o‘lchov oraliqlari esa -200dan +2000S gacha bo‘ladi.

Suyuqlikli shisha naychali haroratni o‘lchash asboblari:
a–engyuqori(maksimal) o‘rnatilgan shkalali;b – eng kichik (minimal) shkalali; v–termokontaktli; g – burchakli.

Bu termometrlar o‘lchash aniqligi, haroratni o‘lchash oralig‘i va shkalaning bo‘linish oralig‘iga bog‘liq. Suyuqlikli termometrlar kamchiligi – masofadan haroratni o‘lchash imkoni yo‘qligi


Manometrli termometrlar – harorat ko‘rsatkichini masofadan uzatadi. Ishlash uslubi shishali termometrnikiga o‘xshash. Yaʼni termometrik modda hajm o‘zgarishi harorat o‘zgarishiga asoslangan. Buyerda bosim o‘zgaradi. Bu termometrlar sezgir egiluvchan qismga (prujina) taʼsir qiladi, buqism ko‘rsatgichga yoki o‘ziyozar peroga bog‘langan (5.3.a– rasm).
Asbob shkalasi bevosita Selsiy haroratiga darajalangan. Bu termometrda termometrik modda sifatida faqat suyuqlik emas, balki gaz(azot) va kondensat (atseton, freon va h.k.) bo‘lishi mumkin. Asbobning po‘lat termoyopiq idishi(balloni) - 3 modda bilan to‘ldiriladi, o‘lchash davrida, o‘lchanish muhit o‘rtasida, naycha-2 (po‘lat yoki misdan)o‘rnatilgan (5.3.b–rasm). Ular orqali bu modda bosimi egiluvchan qism -1ga uzatiladi

a va b- manometrli termometrlar: 1- sezgir qayishqoq element;


2 – kapillyar;3 –po‘lattermoballon.
Manometrli termometrlar shishali termometrlarga nisbatan bir qancha ustunlikka ega: ko‘rsatkichlarni haroratini o‘lchayotgan yerdan maʼlum masofadan olish va ularni avtomatik yozish mumkin. Buyerdan tashqari bu asboblar ancha mustahkam. Lekin ularni aniqligi yuqori emas. Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan termometr bu termoto‘g‘irlagichli manometrik termometrlar, ular haroratni noelektrik qiymatni elektrikka aylantiradi. Manometrli termometrlar -200dan +10000S gacha haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan.
Qarshilik termometrlari- harxil muhitda haroratni-50dan +7500S gacha oraliqda o‘lchashga mo‘ljallangan.
Ishlash usuli harorat oshishi bilan metallning elektr qarshiligi oshishiga asoslangan, lekin har xil metallar bir xil haroratda elektr qarshilik o‘zgarishi bir xil emas.
Metallarning harorat ko‘rsatgichi elektr qarshiligi hisoblanadiganlariga bir nechta talablar qo‘yiladi va bular zaruriy hisoblanadi: qiziganda oksidlanishiga bardoshlilik, harorat qarshilik koeffitsiyenti yuqori darajada va bir xil bo‘lishi, metall elektr qarshiligi harorat bilan silliq bog‘langan. Ishlab chiqarilayotgan qarshilikli termometrlarda termosezgir qism sifatida platinali yoki mis simlaridan yasalgan spiraldan tashkil topgan (5.4.a–rasm). Bu termometrlarda haroratni platinali termometrda – 260 - 7500S, mislida esa -50 +1800S oraliq o‘lchanadi. Qarshilik termometrlari termosezgir qismlari ancha uzunlikka ega (30-120 mm), shu sababli ularda o‘rtacha haroratni o‘lchaydi.

a-elektrqarshilik termometri: 1 – termosezgir spiral; 2 – kermaikali quvurli g‘ilof; b -termoelektrik termometr (termoparalar);


A va V – turli xil o‘tkazgichlar (termoelektrodlar).
Termoelektrik termometrlar (termoparalar) –(nuqtali) hajmdagichegaralangan haroratni o‘lchaydi. Ular keng oraliqdagi +200 - 16000S haroratlarni o‘lchaydi. Bu termometrlar ishlash usuli termoelektrikelektr toki paydo bo‘lishiga asoslangan, simda elektr toki ular uchlaridayoki maʼlum bo‘limlarida, har xil haroratligi natijasida termoelektr yurituvchi kuch deb ataluvchi potensiallar farqi paydo bo‘ladi. Bu miqdorlar millivoltmetrlar yoki potensiometrlar yordamida o‘lchanadi.
Bu ko‘rsatgich bitta simda juda kam, shu sababli ikki har xil simlardan (termoelektrodlar A va V) yopiq kontur ishlatiladi, birga kavsharlangan joyi har xil haroratda bo‘ladi (5.4.b – rasm). Qancha harorat farqi yuqori bo‘lsa, termoEYuK ham shuncha yuqori bo‘ladi. Haroratni o‘lchash uchun kavsharlangan joyning bir uchi o‘lchanish muhitiga o‘rnatiladi, ikkinchi uchi esa bir xil haroratda bo‘ladi (00S yoki 200S).
Platinali termoparalar ancha yuqori aniqlikka ega.
Halqaro amaliyot shkalalari oraliqlari – 630,7 ÷ 1064,40S. Texnikada bunday termoparalarda -20 - 13000S, qisqa vaqtda -16000gacha harorat o‘lchanadi. Termoelektrodlari platinarodiy (10% Rh) – termoparalar yuqori o‘lchash aniqligiga ega. Platinarodiyli (13%Rh) – platinarodiyli (6%Rh) okislanishga yuqori bardoshli va ularni 16000S, va qisqa vaqtda 18000S haroratlarni o‘lchashda qo‘llaniladi. Platinali termoelektrodlar kamyob va qimmatligi sababli, xromel-alyumelli termoparalar keng tarqalgan, bularning bitta termoelektrodi xromel qorishmasidan (89% Ni, 9,8% Cr va boshqa.), boshqasi esa – alyumel (94% Ni,2%Cr va boshqa.). Bu termoparalarda -50÷13000S haroratlar o‘lchanadi, lekin kuyishga chidamligi yetarli bo‘lmaganligi sababli himoyalangan muhitda qisqa vaqtda 10000S dan yuqorilarni o‘lchash mumkin.
Yuqori haroratlarni o‘lchash uchun qiyin eriydigan elektrodli, metallar – volfram, litiy,molibden va h.k. va ularning qotishmalaridan tashkil topganlari qo‘llaniladi. Lekin ular bilan faqat inertli muhitda yoki vakuumda haroratni o‘lchash mumkin.
Termoelektrik o‘zgartgichlar (termoparalar), boshqa termometrlar kabi isteʼmolchiga darajalangan holda, yaʼni termo EYUK qiymatlari yoki mo‘ljallangan haroratga qarshilik ko‘rsatgichlari ko‘rsatilgan holda keltiriladi. Har bir asbob darajalanishi alohida va aniq pasportida yoki texnik qo‘llanmasida ko‘rsatiladi.
Kontaktsiz pirometrlar.Kontaktli termometrlardan asosiy farqi, pirometrning birlamchi o‘zgartirgichi o‘lchash muhitidan tashqarida joylashgan. Pirometrlar optik, radiatsionva foto pirometrlarga bo‘linadi.
Optik pirometrlar - jism harorati oshishi bilan uning ravshanligi oshishini o‘lchashga asoslangan. Qiziyotgan jism ravshanligi nazoratdagi (elektr cho‘g‘lanma lampa) tolasi ravshanligi bilan taqqoslanadi, reostat yordamida rostlanadi (5.5.a-rasm). Optik pirometr jihozi obʼektiv-1, cho‘g‘lanma lampa-2, qizil yorug‘lik sizgichi-3, bu sizgich maʼlum uzunlik nur to‘lqininiλ=0,65mkm o‘tkazishga mo‘ljallangan,okulyar-4 va reostat-5 dan tashkil topgan. O‘lchash inshootiga to‘g‘rilanganda, okulyar orqali lampa tolasida inshoot foni ko‘rinadi va reostatni silliq rostlab, tolada inshoot foni yo‘qolishiga erishiladi (5.5.b-rasm). Okulyarda tola ravshanligi tengligi – 1tasvirlangan, uning ravshanligi inshootga nisbatan katta -2 va kichik -3 bo‘lgani.

Optik pirometr


a-sxematik ko‘rinishi:1 – okulyar; 2 – chug‘lanma lampa; 3 – qizil yorug‘lik sizgich; 4 – nur to‘lqinning maʼlum bir qism uzunligini ushlab qoluvchi sizgich;5 – reostat. b-okulyarda nurning ko‘rinishini rostlanishi: 1- inshoot nur ravshanligicho‘g‘lanma lampa nuri ravshanligiga teng; 2 – cho‘g‘lanma lampa nur ravshanligi inshootnikidan yuqori; 3 – cho‘g‘lanma lampa nuri ravshanligi inshoot nuri ravshanligidan kichik.

Optik pirometrning umumiy ko‘rinishi (5.6 -rasm)da keltirilgan. Bu asboblarda faqat yorug‘lik chiqarayotgan inshootlarning 800 dan 40000S gacha oraliq haroratini o‘lchashi mumkin.






Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə