1. Hayvonlarning qon aylanish organlari evolyutsiyasini tushuntirib bering



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə1/4
tarix31.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#114658
  1   2   3   4
bios


2-BILET
1. Hayvonlarning qon aylanish organlari evolyutsiyasini tushuntirib bering.
2. Ontogenezning lichinkali, lichinkasiz, ona qornida kechuvchi turlariga xos xususiyatlarni misollar asosida tushuntiring.
3. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-soqov erkak sogʻlom ayolga uylanganda oilada bitta oʻgʻil daltonik, kar-soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan boʻlib tugʻilgan. Bu oilada ikkala belgisi boʻyicha ham kasal qiz tugʻilishi mumkinmi?

5-BILET
1. Oʻsimlik va hayvonlarda quruqlik-havo muhitida yashashga qanday moslanishlar paydo boʻlgan?
2. Hujayraning genetik elementlari haqida maʼlumot bering.
3. Berilgan tirik organizmlar va ularning ekologik guruhlari oʻrtasidagi muvofiqlikni aniqlab, jadvalga yozing: sebarga, ilonburgut, baqa, mikroskopik zamburugʻ, qoʻngʻiz.


7-BILET
1. Ekosistemalarning trofik strukturasi: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar, ularning xususiyatlari va funksiyalarini misollar orqali tushuntiring.
2. Hayvonlarda haroratning oʻzgarishiga moslanishlar: biokimyoviy va fiziologik moslanishlar haqida maʼlumot bering.
3. Maʼlum bir navli piyoz oʻsimligida piyozboshning qizil rangi sariq rangga nisbatan ustunlik qiladi, lekin juft noallel genning retsessiv alleli rang taʼsirini boʻgʻib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va sariq piyozboshli oʻsimliklar chatishtirilganda 480 ta sariq, oq va qizil piyozboshli oʻsimliklar hosil boʻlgani maʼlum boʻlsa:
a) ota-ona organizm qanday genotipga ega?
b) oq rangga ega organizmlar qanday genotipga ega boʻladi?
c) avlodning nechtasi oq piyozboshga ega boʻladi?

9-BILET
1. Rasmdagi biosferada oltingugurtning davriy aylanishini izohlang.

2. Ekosistemaning biomassasi va mahsuldorligi nimani ifodalaydi?


3. Rasm asosida berilgan oziq toʻrini oʻrganing va tahlil qiling.


  1. a) Oziq toʻrida qatnashgan birlamchi konsumentlar bir-biridan qanday farq qiladi?

  2. b) Oziq toʻrida ishtirok etgan ikkilamchi sovuqqonli hayvonlar qaysi sinf vakillari hisoblanadi?

  3. c) Oziq toʻrida ishtirok etgan issiqqonli hayvonlar qaysi trofik darajalarni tashkil qiladi?



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə