1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə2/3
tarix26.05.2022
ölçüsü125,4 Kb.
#88052
1   2   3
244 28.03.2018

vakolatli organ — tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi;
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi;
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kvota berilgan kam ta’minlangan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha hududlarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar;
imtiyozli ro‘yxat — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo‘lgan bolalar ro‘yxati;
maxsus kontingent — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kvota berilgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari;
otaliq — otaliqqa olingan maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxs (otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, ta’lim yoki boshqa beg‘araz tizimli yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat;
tashkilot — davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, oilaviy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
umumiy ro‘yxat — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo‘lmagan bolalar ro‘yxati.
4. Bolalarni tashkilotga qabul qilish tartibotini amalga oshirishda:
a) tashkilotlar rahbarlari tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning bo‘sh o‘rni haqidagi ma’lumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki ta’lim turi o‘zgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Maktabgacha ta’lim vazirligi) Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — MTBAT) kiritib borilishini ta’minlaydilar;
b) davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan axborot bilan birgalikda MTBATga ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar joylariga qabul qilingan bolalar haqidagi ma’lumotni kiritadilar;
v) tashkilotlarda bo‘sh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish bo‘yicha elektron navbatni shakllantirish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar bo‘yicha yo‘llanmalarni (keyingi o‘rinlarda — yo‘llanma) shakllantirish MTBAT tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi;
g) tashkilotlar bolalarni yo‘llanmalar asosida qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
d) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga navbatga qo‘yilmagan holda, bevosita tegishli tashkilotga murojaat etgan holda joylashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar o‘rtasida axborotlar almashuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
6. Bolalarni tashkilotga ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha qabul qilinadi.
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
7. Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning avtomatik ravishda muntazam yangilanib borilishi uchun o‘z rasmiy veb-saytining MTBAT bilan integratsiyalashuvini ta’minlaydi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) har bir tashkilot manzili, uning ixtisoslashuvi, guruhlar soni, tashkilotda guruhlar bo‘yicha (bolalarning yoshi, ta’lim tili va smenasini ko‘rsatgan holda) o‘rinlar soni va bo‘sh o‘rinlarning mavjudligi;
b) bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha navbatga kiritilgan so‘rovnomalar ro‘yxati, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) so‘rovnoma raqami, ariza berilgan sana hamda tashkilotdagi guruhlar bo‘yicha navbat raqami;
v) ushbu Reglamentning 18-bandiga muvofiq bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha navbatga kiritilgan so‘rovnomalar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli ro‘yxat), shu jumladan, YIDXPdagi so‘rovnoma raqami, tashkilotdagi guruhlar bo‘yicha navbat raqami.
8. Ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) yo‘llanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mustaqil ravishda (yoki vakolatli organ yordamida) YIDXPda ro‘yxatga olinadilar, shuningdek, davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
Bolani uchinchi shaxslar tomonidan tashkilotga navbatga qo‘yish yoki yo‘llanma olish uchun murojaat etish faqat ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki bolaning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil ravishda yoki vakolatli organ xodimlari yordamida, Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida hamda YIDXPda joylashtirilgan ma’lumotdan (mavjud bo‘sh o‘rinlar, so‘rovnomaning navbati, tashkilot manzili va boshqalar) foydalangan holda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldiradi.
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning bolalari hamda maxsus kontingentga kiruvchi bolalarni davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun ariza beruvchilar so‘rovnomani ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldiradi.
10. Ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
so‘rovnomada tashkilotning bola uchun to‘g‘ri keladigan yoshdagi bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lgan guruhini (yo‘llanma olish uchun) yoki bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lmagan guruhini (navbatga kiritilishi uchun) ko‘rsatish (tanlash);
bolani tug‘ilgan vaqtdan boshlab tashkilotga navbatga qo‘yish;
bir vaqtda uchtagacha tashkilotga bolani navbatga qo‘yish;
xato kiritilgan ma’lumotlarni tuzatish;
davlat xizmati ko‘rsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish.
11. Joriy o‘quv yilining 31-may kuniga qadar yetti yoshga to‘ladigan bolalarning so‘rovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.
Bola bir nechta tashkilotga navbatga qo‘yilib, ulardan biriga yo‘llanma shakllangan va bola rasmiylashtirilgan bo‘lsa, boshqa tashkilotlarga navbatga qo‘yish bo‘yicha so‘rovnomalar bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi, tashkilotning qisqa muddatli guruhlariga qabul qilingan holatlar bundan mustasno.
12. So‘rovnomaga zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va kiritgandan so‘ng ariza beruvchi uni jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (One ID) bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ariza beruvchi onlayn tarzda navbatni kuzatishi va YIDXPda xabarnomalarni olishi, shuningdek, tashkilotda bolani qabul qilish uchun ariza berish shartlaridan (YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali) qat’iy nazar, davlat xizmatlari markazlarida murojaat holati to‘g‘risida ma’lumotni bepul olishi mumkin.
13. Bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, navbat kelganligi va (yoki) navbatdagi holat o‘zgarganligi haqida maxsus raqamga so‘rov yuborish orqali sms-xabar olish imkoniyati yaratiladi.
Bunda har bir kiruvchi sms-xabar uchun ariza beruvchi hisobidan belgilangan miqdorda to‘lov yechiladi.
14. Tashkilotning yopilishi, shuningdek, so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, shu jumladan, ma’lumotlarning ushbu Reglamentning 7 va 18-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlarga nomuvofiqligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Bunda arizada to‘g‘irlash mumkin bo‘lgan xatolar mavjud bo‘lsa, ularni besh ish kuni ichida to‘g‘rilash uchun ariza beruvchiga imkoniyat beriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni ularni ko‘rsatishning istalgan bosqichida rad etish huquqiga ega.
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish rad etilgan taqdirda, uning so‘rovnomasi tizim tomonidan avtomatik ravishda ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va navbatdan chiqariladi. Bunda navbatga turish haqidagi xabarnoma yoki yo‘llanma so‘rovnoma bilan birgalikda bekor qilinadi.
16. Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, to‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik ravishda MTBATga yuboriladi.
Bunda MTBATda avtomatik ravishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
tegishli tashkilot va guruhda bo‘sh o‘rin bo‘lganda — yo‘llanma shakllantiriladi;
tegishli tashkilot va guruhda bo‘sh o‘rin bo‘lmaganda — so‘rovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida tashkilotlar va guruhlardagi bo‘sh o‘rinlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilab boriladi.
17. Ushbu Reglamentning 16-bandiga muvofiq yo‘llanmalar MTBATda avtomatik ravishda tashkilotda o‘rinlar bo‘shagan kuni navbatga muvofiq rasmiylashtiriladi.
18. Bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalarning hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bolalarining so‘rovnomalari davlat xizmatlari markazlariga borib, ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatning aslini nusxasini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi. Bunda mazkur bandning beshinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olinadi. Davlat xizmatlari markazi direktori taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning tekshirilishi va so‘rovnomada ishonchli ma’lumot ko‘rsatilishini nazorat qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ariza beruvchilarda ushbu bandga muvofiq ustunlik huquqining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot so‘rovnomada ko‘rsatiladi.
Imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning bolalariga berilgan yo‘llanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Bunda tashkilot rahbari taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning tekshirilishi va MTBAT tizimiga ishonchli ma’lumot kiritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
19. Imtiyozli va umumiy ro‘yxatda turgan so‘rovnomalar bolaning yoshiga mos guruhlardagi bo‘sh o‘rinlar soniga qarab quyidagi tartibda navbatma-navbat shakllantiriladi va yo‘llanmalar beriladi:
imtiyozli ro‘yxatdan bitta so‘rovnoma;
umumiy ro‘yxatdan bitta so‘rovnoma;
agar bolalar egizak bo‘lsa, bir vaqtda egizaklarning so‘rovnomalari.
20. Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalar maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i asosida ustunlik huquqi bilan qabul qilinadi. Bunda mikrouchastkalarga kirmaydigan hududlardan bolalarni tashkilotga qabul qilish mikrouchastkalarga tegishli hududlardan bolalar qabul qilingandan so‘ng qolgan bo‘sh o‘rinlarga mazkur Reglamentda belgilangan tartibda umumiy va imtiyozli ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.
21. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun vaqtincha yopilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ta’mirlash davrida vakolatli organ qarori asosida vaqtincha boshqa tashkilotlarga navbatsiz taqsimlanadi. Bunda bolalarni vaqtincha boshqa tashkilotlarga qabul qilish tashkilotdagi bo‘sh o‘rinlar hisobidan amalga oshirilmaydi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq guruhlardagi bolalarning eng ko‘p sonidan vaqtincha oshishga ruxsat beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng uning vaqtincha boshqa tashkilotga taqsimlangan tarbiyalanuvchilari ushbu tashkilotga vakolatli organ qarori asosida navbatsiz qabul qilinadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari umumiy turdagi tashkilotlarga aylantirilganda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bolalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari qarorlari asosida ushbu tashkilotlarga navbatsiz qabul qilinadi.
22. MTBAT tomonidan elektron holda shakllantirilgan yo‘llanmalar va bolalarning navbatga qo‘yilganligi haqidagi xabarnomalar ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi. Bunda xabarnomalar avtomatik ravishda tashkilot va davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda), shuningdek, ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi xabarnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga yo‘llanmani elektron yoki qog‘oz shaklda beradi.
23. Bolalarni qabul qilish tashkilotga yo‘llanmalar kelib tushgan yoki taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tashkilot va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Bolalarni tashkilotlarga yo‘llanmasiz qabul qilish taqiqlanadi, ushbu Reglamentning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
24. Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yo‘llanma shakllangandan so‘ng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yo‘llanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. So‘rovnomada ko‘rsatilgan tashkilot yoki guruh yopilgan taqdirda, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan so‘rovnoma bekor qilinadi va ariza beruvchi bu haqda xabardor qilinadi.
Bunda so‘rovnoma davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali shakllantirilganligidan kelib chiqib, so‘rovnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xabar ariza beruvchilarga tegishlicha davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ tomonidan bir ish kuni mobaynida, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali yetkaziladi.
26. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
27. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda ushbu Reglament talablarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar tashkilotga qabul qilish uchun so‘rovnomasi imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yo‘llanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI


Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə