1 ijtimoiy pedagogika asoslari


Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika



Yüklə 374,32 Kb.
səhifə2/3
tarix11.10.2023
ölçüsü374,32 Kb.
#126848
1   2   3
IJTIMOIY PEDAGOGIKA PREZINTATSIYA

Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya halqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy harakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o‘rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy pedagogika o‘zining asosiy muammosi bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonini nazariy va amaliy jihatdan asoslashda etnografiya va etnopsixologiya fanlariga ham murojat qiladi 6 va oziqlanadi. Jumladan, ijtimoiy pedagogikada umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan va o‘z navbatida etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu halq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish tavsiya etiladi.

Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.

ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.

Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va xodisalarning to‘liq tasvirini tuzishga intilishda namoyon bo‘ladi.

Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi.


Yüklə 374,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə