Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo„lib
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta‟sirini aniqlashda ilg„or pedagog olimlar, psixolog va
faylasuflar ta‟limotiga suyaniladi.
Ijtimoiy muhit – inson ko‟rib turgan, uning mavjudligini, shakllanishini
ta‟minlaydigan moddiy va ma‟naviy shart-sharoitlarning majmuasi. Ijtimoiy muhit
keng ma‟noda (makro muhit) umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim ishlab chiqarish
munosabatlari, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat madaniyatini qamrab oladi. Tor
ma‟noda (mikromuhit), umuman ijtimoiy muhitning tarkibiy qismi sifatida
bevosita insonni o‟rab turgan oila, mehnat, o‟quv va h.k. Jamoalar va guruhlarni
o‟z ichiga oladi. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga hal
qiluvchi ta‟sir ko‟rsatadi
3
.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog„liq bo„lgan ijtimoiy hayotdagi
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma‟naviy boyligi uning
munosabatlariga bog„liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o„z navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma‟lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishi yoki yo„q qilishi
mumkin.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta‟siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga
oshiriladi. Ya‟ni,
birinchidan
, tarbiya ta‟sirida muhit bera olmagan bilim,
ma‟lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog„liq ko„nikma va
malakalar hosil bo„ladi;
Dostları ilə paylaş: