Masalan, ko„rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg„ayrat yoki
g„ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan,
yig„inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta‟siri
bo„lib, o„qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning
individual
– o„ziga xos xususiyatini bilish uchun
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o„ziga xos xususiyatini o„rganish,
metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning
bir-biriga munosabati” ma‟nosini anglatib, Shaxsning individual psixologik
xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o„ziga xos rivojlanish qonuniyatlari
ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo„linadi:
1.
Go„daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo„lgan davr.
2.
Mtmgacha bo„lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3.
Maktabgacha bo„lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.
Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar (bolalar) –7 yoshdan 11,12
yoshgacha.
5.
O„rta maktab yoshidagi o„quvchilar (o„smirlar) 14-15 yosh.
6.
Katta yoshdagi maktab o„quvchilari (o„spirinlar) – 16-18 yosh.
Dostları ilə paylaş: