o‟zini tarbiyalashga ota-ona, o‟qituvchining tarbiyaviy ta‟siri yanada samarali bo‟ladi.
Tarbiya bilan rivojlanishning o‟zaro bir-biriga ta‟siri va munosabatlari mavjud,
chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to‟g‟ri hal etilsa, u Shaxs kamolotiga
samarali ta‟sir ko‟rsatadi. Kamol topgan Shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga
ishonch bilan qaraydi.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta‟minlashi uchun boladagi rivojlanishning
mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‟zgarish sabablarini aniqlash zarur.
Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo‟lmog‟i uchun tarbiya jamiyatning tarbiya
oldiga qo‟ygan talablarini, shaxsning o‟ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur.
Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchiligini e‟tirof etish bilan
birga ularning o‟zaro bir-biriga ta‟sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil
bo‟lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‟ladi. Tarbiya
jarayonida o‟sayotgan avlodning yosh va o‟ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga
olish juda zarur. Ma‟lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‟quvchi-o‟quvchilarning har
birining o‟ziga xos hususiyatlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: