1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati



Yüklə 21,29 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü21,29 Kb.
#133468
Investitsiya


1.Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati.

investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo’ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo’ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. Masalan, xo’jaliklar, ko’p hollarda, investitsiya qo’yish uchun o’z mablag’lari etmaganda qimmatli qog’ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmatli qog’ozlarni sotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.


Investitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion1 samaraga (hodisaga) sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud – investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadi. Bir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste’mol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko’proq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini ta’minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo’lmasligi zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko’ra jamg’arish qulay bo’ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich daromad o’sishi bilan investitsiya o’sishi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalaydi, ya’ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.

2.Xorijiy investitsiyalarni O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning obektive zarurligi.


So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va xalqaro hamjamiyatda biznes va investitsiyalar uchun turli xil to‘siqlarini bartaraf etishda ochiqlik, yangilanish va qatʼiyatlilik ramzlaridan biri sifatida tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini samarali ijro etilishi uchun investorlar bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va tijorat banklari rahbarlari o‘rinbosarlaridan iborat bo‘lgan davlat hokimiyat organlari hamkorligining 4 bosqichli mexanizmi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mexanizm investorlarning barcha so‘rovlariga tezkor javob qaytarish va qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining samaradorligini kerakli tarzda nazorat qilish imkonini beradi.
Shu nuqtai nazardan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan tuzilgan, Respublikada faoliyat yuritayotgan investorlar bilan bevosita muloqotni taʼminlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining rolini taʼkidlash muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro hakamlik sudlari institutining rivojlanishi ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘z navbatida, bu mamlakat investitsiya muhitining muhim va tizim tashkil etuvchi tarkibiy qismi bo‘lgan qonun ustuvorligini hamda davlat va mahalliy investorlar zimmasidagi majburiyatlarning to‘g‘ri bajarilishini taʼminlaydi.
Shu bilan birga, jahon amaliyoti va tajribasi shuni ko‘rsatadiki, biznesning investitsiya va innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni endi oddiy vositalar bilan, yaʼni imtiyozlar berish yoki yangi deklarativ meʼyorlarni nashr etish bilan hal qilishning imkoni yo‘q.
Xususiy investitsiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlarni aniqlash va yengib o‘tish bo‘yicha astoydil ish olib borish kerak. Shu munosabat bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning bir maromdagi yuqori va barqaror surʼatlarini saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank tizimi aktivlarining katta qismi xususiy investorlar qo‘lida bo‘lgan modelini shakllantirish zarur.
Ikkinchidan, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmaga yo‘naltirilgan investitsiyalarining jadal o‘sishini taʼminlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investitsiyaviy faoliyatni rag‘batlantirish ham faol tarzda olib borilmoqda.
Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to‘siqlar va cheklovlarni to‘liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari bilan ishlashni tashkil etish sifati yaxshilanmoqda.
To‘rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan tranzaksiya xarajatlarining kamayishi kuzatilmoqda.
Beshinchidan, kelgusida texnologik yutuqlarga erishish nuqtasiga aylanishi va keyingi 20-30 yil davomida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlanishi uchun zamin yaratishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning eng istiqbolli sohalariga yo‘naltirilgan investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
Investitsiya muhiti mamlakatdagi barcha faoliyat sohalariga taʼsir ko‘rsatishini inobatga olgan holda, islohotlar ko‘lami iqtisodiy, institutsional, taʼlim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, suv taʼminoti, energetika, transport va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Shuningdek, tadbirkorlarni va investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini amaliy qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi eng yorqin misol - bu 2020 yilda tuzilgan eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyati bo‘lib, uning vazifalariga tadbirkorlar va eksportchilar bilan yaqin hamkorlik qilish, pandemiya tufayli yuzaga kelgan cheklovlar bilan bog‘liq muammolarni taxlil qilish, shuningdek, har bir tadbirkorlik subyektining muammosini hal qilishda individual yondashuv asosida tezkor va samarali yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha Komissiya aʼzolarining joylarga chiqqan holda olib borgan faoliyati natijasida 98 mingdan ortiq korxonalar faoliyati manzilli tartibda o‘rganildi va natijada 5902 ta korxonalarning 6235 ta muammoli masalalari aniqlandi. Muammolarning har biri tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari va Respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan yaqin hamkorlikda hal etildi.
3.Aholi pul jamg’armalari va ularning investitsiyaga jalb qilishga rag’batlantirish imkoniyatlarini ishlab chiqish.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning shart-sharoitlarini hisobga olib, respublika hududlarida investitsiya hajmini o'stirish uchun izlanishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: — asosiy ishlab chiqarish fondlarining resurslari va muddatlarini inobatga olgan holda ularning qayta ishlab chiqarish dasturini tuzish va amalga oshirish; — investitsion jarayonni tartibga solishning maqbul mexanizimini tanlash; — o'z resurslarini topish va kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish manbalarining oqilona nisbatini aniqlash; — xorijiy sheriklar bilan aloqa o'rnatish va ular mablagiarini mintaqa iqtisodiyotiga jalb etish; — kapital qo'yilmalar samaradorligini oshirish. Investitsiyadan foydalanishda muhim yo'nalish, bu — aniq loyiha va ishlab chiqarishdir. Buning ma'nosi shuki, ma'lum bir vaqt davomida butun jamiyatning ixtiyorida bo'lgan investitsiyalarni taqsimlashda ularning ustuvorligi raqobatdan tashqarida qoladi (korxonalar joylashgan va loyihalar amalga oshiriladigan hududlar rivojlanishi zarur, bunda ular infratuzilmalari kengayishi, rivojlanishi va mukammallashishi, ishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi muvofiqlik 11 ta'minlanishi, mehnat jamoasi ahvoli yaxshilanishi kerak). Prezidentimiz I.A.Karimov ta'biri bilan aytganda, respublikamiz bozor munosabatlariga o'tayotgan hozirgi davrda hududlar investitsion potentsialini oshirishda «Investitsiya siyosatining ustivor jihatlarini tanlashda va chet el sarmoyasini jalb etishda maqsadga muvofiq shartlarini joriy etish iqtisodiy dastaklar va rag'batlar foydalanish ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash yo'li bilan iqtisodiy boshqarishda davlatning faol rolini saqlab qolishdir». Ushbu vazifa va maqsadlarni amalga oshirish uchun investitsion jarayonni faollashtirib, hududlarga yo'naltirilgan investitsiyalarning hajmini keskin oshirish lozim.
Yüklə 21,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə