1. Ishsizlik nima; Ishsizlikni kelib chiqish sabablari qanday



Yüklə 20,1 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü20,1 Kb.
#164546
1   2
Mavzu

Ishsizlik – mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qismining foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik:

  1. Friksion

  2. Tarkibiy

  3. Siklik

  4. Institutsional

  5. Texnologik

  6. Regional

  7. Yashirin

  8. Turg‘un

  9. Ishsizlik

turlariga bo‘linadi.

Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi.



Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo‘llanishi natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi ularning o‘z kasb va mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi. Yangi kasb va
mutaxassislikni o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq) davom etishi yangi kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Friksion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Siklik ishsizlik – iqtisоdiy tsiklning inqirоz fаzаsi bilаn bоg’liq bo’lib, u ishlаb chiqаrishning pаsаyishi vа yalpi tаlаbning qisqаrishi nаtijаsidа vujudgа kеlаdi. O’z tоvаr vа хizmаtlаrigа nisbаtаn tаlаbning qisqаrishigа duch kеlgаn tаdbirkоrlаr ishlаb chiqаrish hаjmini kаmаytirish mаqsаdidа ishchilаrni ishdаn bo’shаtа bоshlаydilаr. Shu tаriqа iqtisоdiyotdа tsiklik ishsizlik dеb nоmlаnuvchi ishsizlаr guruhi pаydо bo’lаdi. Siklik ishsizlik hаqiqiy dаrаjаdаgi ishsizlikning tаbiiy dаrаjаdаn fаrqlаnishini ko’rsаtаdi. Ishsizlikning bu turi mаjburiy ishsizlik hisоblаnаdi vа tsiklning yuksаlish fаzаsidа mаvjud bo’lmаydi.
Yüklə 20,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə