1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyati uchun so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar


O‘RTACHA SOTISH BAHOSI O‘ZGARISHINING RENTABELLIK DARAJASINING O‘ZGARISHIGA TA’SIRINI ANIQLASH TARTIBINI TUSHUNTIRING



Yüklə 102,47 Kb.
səhifə7/8
tarix01.03.2023
ölçüsü102,47 Kb.
#101714
1   2   3   4   5   6   7   8
Biznes tayyor

7. O‘RTACHA SOTISH BAHOSI O‘ZGARISHINING RENTABELLIK DARAJASINING O‘ZGARISHIGA TA’SIRINI ANIQLASH TARTIBINI TUSHUNTIRING
Начало формы
Конец формы


Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. R. korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. R. foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun R.ning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko’paytirib, natijasini xususiy kapitalning o’rta qiymatiga bo’lishi orqali aniqlanadi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

; (1) yoki ; (2)

Bunda, RXK – xususiy kapital rentabelligi;

SF – sof foyda summasi (hajmi);

XKH – xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati (hajmi);

UK – Ustav kapitalining o’rtacha qiymati;

QK – qo’shilgan kapitalning o’rtacha qiymati;

ZK – zaxira kapitalining o’rtacha qiymati;

TF – taqsimlanmagan foyda summasi.




Xususiy kapital rentabelligi nimani bildiradi?

Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so’mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich bazis yilidagi yoki biznes rejada ko’zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo’lsa, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy kapital rentabelligi qancha yuqori bo’lsa, xo’jalikning moliyaviy ahvoli ham shuncha mustahkam bo’ladi.

Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko’zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o’zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi.

Birinchi tartibli omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

1. Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;

2. Sof foyda hajmining o’zgarishi.

Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulini qo’llash orqali aniqlash zarur. Buning uchun quyidagi 3 ta bog’lanish rentabellik ko’rsatkichini aniqlab, so’ngra omillarning ta’sirini aniqlash maqsadli bo’ladi.

1. -bazis yilidagi (yoki rejadagi) rentabellik darajasi.

2. - shartli rentabellik darajasi.

3. - hisobot yilidagi rentabellik darajasi.

Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga oshiriladi.

Hisobot yilidagi xususiy kapital rentabelligidan (3-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabelligini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi:

Bu o’zgarish yuqoridagi ikki omil hisobiga yuzaga kelgan.

Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga uning o’rtacha qiymati (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli rentabellik darajasidan (2-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabellik darajasini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak:

Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga sof foyda summasi (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi rentabellik darajasidan (3-bog’lanishdan) shartli rentabellik darajasini (2-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak:

Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak:

Shundan keyin rentabellik darajasining o’zgarishiga xususiy kapital hajmi o’zgarishining ta’sirini har bir kapitalning turi bo’yicha aniq ko’rsatish va mavjud imkoniyatlarni yetarli darajada bayon qilish uchun ikkinchi tartibli omillar ta’sirining tahlilini amalga oshirish kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan rentabellikning ikkinchi formulasidan foydalanish zarur. Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga quyidagi 5 ta omil ta’sir qiladi:

1. Ustav kapitali hajmining o’zgarishi;

2. Qo’shilgan kapital hajmining o’zgarishi;

3. Zaxira kapitali hajmining o’zgarishi;

4. Taqsimlanmagan foyda summasining o’zgarishi;

5. Sof foyda summasining o’zgarishi.

Ushbu omillarning rentabellikni o’zgarishiga ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlash qulayroqdir. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin xususiy kapital rentabelligini ifodalovchi quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlarini aniqlab olish zarur:

1. ; 4. ;


2. ; 5. ;


3. ; 6. .


Endi, ushbu rentabellik ko’rsatkichlaridan foydalanib, xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishini va unga omillar ta’sirini aniqlash mumkin.

Rentabellikning umumiy o’zgarishi:

6-1= - = .


Ushbu o’zgarishga omillar ta’sirini aniqlash:

1. Ustav kapitali hajmi o’zgarishining ta’siri:

2-1= - = ;


2. Qo’shilgan kapital hajmi o’zgarishining ta’siri:


3-2= - = ;

3. Zaxira kapitali hajmi o’zgarishining ta’siri:

4-3= - = ;


4. Taqsimlanmagan foyda summasi o’zgarishining ta’siri:


5-4= - = ;


5. Sof foyda summasi o’zgarishining ta’siri:


6-5= - = .


Ushbu 5 ta omillar ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Shundan keyin har bir omil ta’siriga baho berilib, rentabellikni yanada oshirish imkoniyatlari ko’rsatiladi.




Yüklə 102,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə