1. Kichik biznеsni boshqarish tamoillar


-Rasm. Biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilma



Yüklə 82 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü82 Kb.
#138441
1   2   3
Kichik biznеsni boshqarish

3.-Rasm. Biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilma

Yangi tashkil etilayotgan korxona uchun yuqorida aytib o’tilgan vazifalardan tashqari biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Uni tavsiflab berishda odatda quyidagi masalalar yoritiladi:


 asosiy boshqaruv lavozimlari va boshqaruv xodimlarining umumiy soni;
 boshqaruv tizimining ierarxiya bosqichlari soni;
 u yoki bu lavozimlarga mutaxassislar rezyumesini to’plash va boshqaruv komandasini shakllantirish;
 boshqaruv komandasi a’zolari o’rtasida rollarni taqsimlash va har bir komanda a’zosining funktsiyalarini belgilab olish;
 boshqaruv komandasining har bir a’zosi uchun oylik ish haqi miqdorini belgilash;
 boshqaruv komandasi a’zolarini yollash shartlari.
Kichik korxonaning optimal tashkiliy tuzilmasini shakllantirish bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan narsa emas. Uning echimi ko’p hollarda nafaqat ko’p vaqt, balki katta tashkilotchilik ishlarini, qobiliyatini ham talab qiladi. Ayniqsa boshqaruv komandasini tuzish og’ir va murakkab ish hisoblanadi. Bunda quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur:
 komanda a’zolarining psixologik jihatdan bir-biriga mos kelishini ta’minlash;
 komandaning yagona organizm kabi faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;
 har bir komanda a’zosi jamoa oldiga qo’yilgan maqsadni to’liq tushuna olishi lozim;
 komanda a’zosi o’z malakasini muntazam oshirib borishi kerak;
 qonuniy asosda korxona nufuzini oshirish va foydasini o’stirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish.
Tashkiliy tuzilmaning asosiy tavsifi (xarakteristikasi) quyidagilardan kelib chiqadi:
- boshqarish funktsiyalari bo’yicha boshqaruv xodimlari soni;
- chiziqli boshqaruv xodimlari soni;
- korxona boshqaruv tizimining bo’ysunish pog’onalari soni;
- har bir boshqaruv darajasida tuzilmaviy bo’g’inlarning miqdori;
- boshqaruvning markazlashmaganlik darajasi;
Yuqoridagi tavsiflarga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil korxonani boshqarish bo’yicha ishlar xajmi hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida boshqarish funksiyalarining mazmuni va tarkibiga boshqaruv vazifalarining mehnat talabligi va davriyligiga bog’liq bo’ladi.
Asosiy adabiyotlar

  1. Shodibekova D. A. “Kichik biznesni boshqarish” (o‘quv qo‘llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O’zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2010. 280 bet.

  2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б.

  3. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ёрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт. - 2010. – 137 б.

  4. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б.

  5. Shodibekova D. A. “Kichik biznesni boshqarish” (o‘quv qo‘llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O’zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2010. 280 bet.

  6. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə