1. Kimyoning asosiy nizomlari



Yüklə 51,6 Kb.
səhifə13/13
tarix24.12.2023
ölçüsü51,6 Kb.
#159127
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1. Kimyoning asosiy nizomlari-fayllar.org

C1 , C - koeffitsientlar
1 j1 - ayni elektronning I va II yadroga oid funksiyalari
j1 - simmetrik funksiya
j2 - antisimmetrik funksiya
Agar elektron bog’lanayotgan atomlar yadrolaridan tashqarida joylashgan bo’lsa,, elektron bulut yadrolar orasida zichlana olmaydi, binobarin yadrolar
bir-biridan uzoqlashadi. Elektronning bunday holatiga bo’shashtiruvchi orbital
mos keladi. Bunday molekulyar orbitalda 2 ta yadro oralig’ida elektronlarning zichligi juda kichik bo’ladi. Bunday orbital molekulaning turgunligini kamaytiradi.Agar elektronning harakati simmetrik funktsiya bilan ifodalansa, elektron buluti yadrolar orasida juda zich holatni egalllaydi, buning natijasida yadrolar bir-biriga tortiladi va ular o’zaro birikadi. Bu orbital bog’lovchi orbital deb atalib, bir xil zaryadga ega bo’lgan zarrachalar - yadrolarni bir-biridan itarilishini kuchsiz-lantirib, kimyoviy bog’lanishni kuchaytiradi.
Molekulaning barqaror yoki barqaror emasligi uning tarkibidagi bog’lovchi va bo’shashtiruvchi elektron orbitallarning nisbiy miqdoriga bog’liq bo’ladi. Agar sistemada 1 ta bo’shashtiruvchi orbital hosil bo’lsa, u 1 ta bog’lovchi orbitalning ta’sirini yo’q qiladi.
Molekulyar orbitallar usulida molekula tarkibidagi elektronlarning o’zaro ta’siri e’tiborga olinmaydi. Atomda har qaysi elektron orbital s, p, d, f harflar bilan ifodalangani kabi, molekulyar orbitallar ham j,p, l  va s harflari bilan belgilanadi.
Atom orbitaldagi elektronning energiyasi bosh va orbital kvant sonlarga bog’liq bo’lib, magnit kvant songa bog’liq emas. Molekulyar orbitaldagi elektronning energiyasi ayni orbitalning yo’nalishiga, ya’ni magnit kvant songa ham bog’liq, chunki molekulada yadrolarni bir-biriga bog’lab turgan yo’nalish boshqa yo’nalishlardan farq qiladi.
Molekulada elektronning harakat momenti proektsiyasini atom yadrolarini bo’shashtiruvchi o’qqa nisbatan kattaligini xarakterlash uchun magnit kvant soni
m ga o’xshash molekulyar kvant son - l kiritilgan.
l = 0, bunday holat s holat deyiladi, bu holatni qabul qiladigan lektronlarning maksimal soni 2ga teng.
l = ±1 bo’lsa, p holat deyiladi. Bu holatda eng ko’pi bilan 4ta elektron bo’lishi mumkin.
http://fayllar.org
Yüklə 51,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə