1. Kimyoning asosiy nizomlari


Suvning qattiqligi va uni yo’qotish usullari



Yüklə 51,6 Kb.
səhifə7/13
tarix24.12.2023
ölçüsü51,6 Kb.
#159127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1. Kimyoning asosiy nizomlari-fayllar.org

6. Suvning qattiqligi va uni yo’qotish usullari
Suvning qattiqligi undagi Ca2+ vaMg2+ konsentratsiyasi bilan o`lchanadi.Bu ionlar ko`p bo`lgan suv qattiq suv(sho`r suv)Mg2+,Ca2+ kam bo`lgani yumshoq suv (shirin suv)deyiladi.
Suvda Ca va Mg gidrokarbonatlari borligi tufayli yuzaga keluvchi qattiqlik muvvaqqat qattiqlik (vaqtinchalik qattiqlik) deyiladi. CaSO4 MgSO4 (qisman nitrat,xlorid ioni) tufayli yuzaga keladigan qattiqlik doimiy qattiqlik deyiladi.
Tabiatda suv ohakli tog’ jinslaridan oqib o’tganda CO2 bilan birikib, kalsiy va magniy karbonatlarni tegishli eruvchan bikarbonatlarga aylantiradi:
CaCO3 + H2O + CO2 = Ca(HCO3)2
MgCO3 + H2O + CO2 = Mg(HCO3)2
Bikarbonatlar suvda karbonatlarga qaraganda ancha yaxshi eriydi, ular eritmaga o’tadi va natijada suv qattiq suvga aylanadi. Bunday suvda sovun yaxshi ko’pirmaydi, sabzavotlar yaxshi rivojlanmaydi, bug’ qozonlarida quyqa hosil bo’lib, u qozonning portlashiga sabab bo’ladi. Qattiq suvni ishlatishdan oldin yumshatish lozim. Karbonatli suv muvaqqat qattiqlikka, xlorid va sulfatli suv doimiy qattiqlikka ega. Suv har ikkala tuzlarning mavjudligi bilan bog’lik bo’lgan aralash qattiqlikka ega. Qattiqlikni yo’qotishda Ca(HSO3)2 yoki Mg(HCO3)2 erimaydigan holatga o’tkaziladi:
Mg(HCO3)2 → MgCO3↓ + H2O + CO2
Hosil bo’lgan karbonatlar cho’kmaga tushadi, natijada suvning qattiqligi yo’qoladi. Qattiqlikni suvga ohakli suv qo’shish yo’li bilan ham oson yo’qotiladi:
Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 = 2CaCO3 + 2H2O
Doimiy qattiqlikka ega bo’lgan suvni bu usullar bilan yumshatib bo’lmaydi, uni yumshatish uchun soda qo’shiladi:
MgSO4 + Na2CO3 = MgCO3 + Na2SO4
MgCl2 + Na2CO3 = MgCO3 + 2NaCl
Bu usulni karbonatli qattiqlikni ham, binobarin, aralash qattiqlikni ham yo’qotish uchun bemalol tadbiq etish mumkin:
Mg(HCO3)2 + Na2CO3 = 2NaHCO3 + MgCO3
Suvning qattiqligi graduslarda ifodalanadi. Suvning qattiqligi 1 l suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligramm - ekvivalentlari yig’indisi bilan o’lchanadi. 1 gradus qattiqlik 0,35663 mg-ekv kalsiy yoki magniy ionlariga teng. Qattiqlikning har bir mg ekvivalenti suvda 20,04 mg/l Ca2+ yoki 12,16 mg/l Mg2+ bo’lishiga to’g’ri keladi. Suvning qattiqligi 1,5 mekv/l dan kichik bo’lsa, juda yumshoq, 1,5-4 mekv/l bo’lsa, yumshoq, 4-8 mekv/l bo’lsa, o’rtacha qattiq, 8-12 mekv/l bo’lsa, qattiq va 12 mekv/l dan katta bo’lsa, juda qattiq bo’ladi. Qora dengiz suvining qattiqligi 65,5 mekv/l ga okean suvining qattiqligi 130,5 mekv/l ga teng.

Yüklə 51,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə