1. Kirish. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vaziyfalari


Ishlab chiqarish ob̀ektlariga qòyiladigan umumiy talablar



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə9/9
tarix11.12.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#145555
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1- тема

2. Ishlab chiqarish ob̀ektlariga qòyiladigan umumiy talablar
Ishlab chiqarish binolari texnologik jarayon talablariga va uskunalarning tashqi òlchamlariga asoslangan holda quriladi. SM 245-71 qurilish mèyorlariga asosan, bitta ishchiga eng kamida 15 m3 hajmda, 4,5 m2 yuzaga teng bòlgan xona tòg̀ri kelgan bòlishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarining polidan shipigacha bòlgan balandlik 3,2 m, transport-omborxona xòjaligining balandligi 3,0-3,2 m va odam yuradigan yòlak kengligi 0,3-1,5 m bòlishi shart.
Qishki mavsumda ortiqcha issiqlik yòqolmasligi uchun binoning tashqariga chiqish joylarida ikki eshikli tamburlar (daxlizlar) bo‘lishi kerak. Bino devorlari changdan oson tozalanadigan va kerakli darajada issiqlikka chidamli bo‘lishi kerak. Gigienik talablarga asosan binolardagi pollar sathi ularga birlashgan territoriya sathidan 150 mm baland bòlmog̀i lozim. Pollar tekis, silliq, faqat sirpanchiq bòlmasligi va issiklikni kam òtkazuvchan bòlishi kerak. Gigiena jihatdan pollar yog̀och yoki yog̀och qipig̀idan tayyorlangan (DSP) bòlishi zarur. Qishloq xòjaliga mahsulotlarini qayta ishlaydigan binolarga boshqacha talablar qòyiladi, yàni bitta ishlovchiga xonaning hajmi 13 m3 dan va maydoni 4 m2 dan kam bòlmasligi kerak, changlarni yig̀ilib qolishiga yòl qòyilmaydi, yakka ish joylaridagi yòlaklarning eni 0,7 m gacha bòladi.
Sog̀liqni saqlash va umumiy ovqatlanish xonalari. Korxonalarda loyihalash davrida sog̀lomlashtirish va tibbiyot postlari, ayollarning shaxsiy gigienasi uchun alohida xonalar, bug̀xona, dushxona, shuningdek ish vaqtida dam olish va ruxiy charchashni kamaytiradigan xonalar hisobga olinishi zarur. Tibbiyot punktlari QMQ 2.09.04-87 qurilish mèyorlari va qoidalariga asosan, agar korxonada ròyxat bòyicha ishlovchilarning soni 50 dan 150 kishigacha bòlsa, uning maydoni 12 m2 ga, agar ishlovchilarning soni 151 dan 300 kishigacha bòlsa, 18 m2 ga teng qilib olinadi.
Ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari, hojatxonalarning ichida joylashtiriladi. Òrnatiladigan jihozlarning soni 75 kishiga bitta hisobidan olinadi. Bug‘li hammomlarning katta-kichikligi korxona kasaba uyushmasining maslahati bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni qòlga òtadigan titrash bilan bog̀liq bòlsa, korxonada qòl vannalari hisobga olinadi. Ularni ishlab chiqarish xonalarida joylashtiriladi, agar ulardan foydalanuvchilar soni 100 kishidan ortiq bòlsa, qòl vannalari yuvinadigan yoki alohida xonalarga òrnatiladi. Vannalarning soni 3 kishiga bigga hisobidan olinadi. Ular uchun ajratilgan xonalarning yuzi 1,5 m2 bitta vanna uchun deb olinadi. Ishlab chiqarish jarayonida odam oyoqda uzoq vaqg ishlasa yoki uning oyoqlariga titrashlar tàsir qilsa, u holda korxonada oyoq vannalarini (oyoqqa suvli massaj beradigan qurilma) òrnatish kòzda tutiladi. Ularni yuvinish yoki echinish-kiyinish xonalarida joylashtiriladi.
Ish vaqtida dam olish va ruhiy charchashni kamaytirish xonalari uy kiyimlarini echib saqlaydigan va sog̀lomlashtirish punktlari xonalarida joylashtiriladi. Xonalarning maydonlari quyidagicha hisobga olinadi (m2/odam): bug̀li hammom uchun — 0,7; ingalyasiya uchun — 1,8; fotoriya — 1,5; ish vaqtida dam olish, ruhiy charchashni kamaytirish va jismoniy mashg̀ulot xonalari — 0,9.
Ishlab chiqarish korxonalarida umumiy ovkatlanish joylari hisobga olinadi, ular hamma ishlovchilarni umumiy, parhez ovqatlar, shuningdek maxsus binolar bòyicha sog̀lomlashtiruvchi ovqatlar bilan tàminlashga mòljallangan. Agar korxonada bir ish smenasida 200 dan ortiq ishchi ishlasa umumiy ovqatlanish joyi, òndan kam ishchi ishlasa ovqat tarqatish yoki bufet xonasi hisobga olinadi.
YOrdamchi (sanitariya-maishiy) xonalar QMQ-P-92-76 qurilish mèyorlari va qoida talablariga mos kelishi kerak. Hamma sanitariya-maishiy xonalari umumiy va maxsus xonalarga bòlinadi. Umumiy xonalarga quyidagilar kiradi: kiyim echib-kiyinadigan, hojatxonalar, yuvinish xonalari, dam olish va ichimlik suv bilan ta’minlash qurilmalari. Maxsus xonalar — bular chekish xonalari, fotoriya, reshirator, yuvinish, shuningdek ayollar shaxsiy gigiena xonalari, kir yuvish xonalari, kiyimlarni kimyoviy tozalash, quritish, changdan tozalash, yog̀lardan tozalash va ish kiyimlarini tàmirlash ishchilar sonini hisobga olgan holda tashkil qilinadi.
Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə