1-labaratoriya



Yüklə 23,41 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü23,41 Kb.
#136131
1-лабаратрия педиатрия


1-labaratoriya
Tayanch harakat apparatining gigienasi. Muskul sistemasi Reja 1.Muskullar haqida tushuncha 2.Muskullarning sratik va lokomotor funksiyalri Chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarning muskul tizimi zaifroq rivojlangan bo'lib, tana vaznining 23-25 % ni tashkil qiladi(kattalarda esa 40-45 %). Bolalarning muskul to‘qimasining tolalari nozik, nafis tuzilishga ega, yosh ulg'ayishi barobarida u yo‘g‘onlashadi va shuning natijasida muskul tizimining tanadagi ulushi ham ortadi. Hayotining dastlabki oylarida bolalar muskul tizimida fiziologik gipertenziya (bukuvchi muskullarning yozuvchi muskullarga nisbatan tonusining ortiqcha boiishi) kuzatiladi, shuning uchun emizikli bolalar yo‘rgak- dan yechilganda qo‘l va oyoqlarini bukib, ona qornidagi holatini egalla«iladi. Bu gipertenziya asta-sekin yo'qolib ketadi. Muskullaming kuchi V» tonusi bolalarda bo'shroq bo'ladi. Muskullaming harakat layoqati iivvaliga bo'yin va gavda muskullarida, keyinchalik qo‘l va oyoqlarda paydo bo‘ladi. Statik funksiyalarning rivojlanishi A. Bolaning o'tirish malakalarining rivojlanishi. 1— oy— boshini tik tutolmaydi. 2—3-oylar—boshini tik tuta oladi. 4- oy— qo‘llaridan ushlab turilganda o‘tira oladi. 5— 6-oylar—bir qolidan ushlab turilganda o'tira oladi. 6—8-oylar— hech qanday tayanchsiz o‘tira oladi. 7—9-oylar— yotgan holatidan o‘zi turib o‘tira oladi. B. Tik turish malakalarining rivojlanishi. 3—3,5oylik—qo'ltiq tagidan ushlab turilganda oyoqlarini yerga tirab 30—60 soniyagacha tura oladi. 5— 5,5 oylik—ikki qo'lidan ushlab turilganda uzoqroq vaqt davomida tik turadi. 8- oy— tizzalarini yerga tiragan holda biror narsani ushlab o‘zi mustaqil tura oladi. 9- oy— biror narsaga tayanib o‘zi mustaqil tik turadi. 10 oylik — bir qo‘lidan ushlab turilganda tik turadi. 11- oy— hech qanday tayanchsiz tik turadi. 12- oy—hech narsaga tayanmagan holda o‘zi turib o‘tiradi, gavdasini rostlaydi. Lokomotor funksiyalarning rivojlanishi A. Yotgan holatdagi harakatlaming rivojlanishi. 1- oy —qomi bilan yotqizilganda boshini ko'tara olmaydi. 2- оу— qomi bilan yotqizilganda boshini ko'tara oladi. 3.oy— qomi bilan yotqizib qo‘yilganda tirsaklariga tiralib gavdasini ko‘tara oladi. 4- oy— chalqancha yotqizilgan holatdan mustaqil ravishda yonboshiga ug'darila oladi. 5- 5,5 oylik—chalqancha holatdan mustaqil ravishda qorniga ag‘dariladi, qomi bilan yotganda esa qo'llariga tiralib gavdasini ko‘tara oladi. 6- oy— qomi bilan yotgan holatdan chalqanchasiga ag'darilib oladi. 7- oy— qo‘l va oyoqlariga tiralgan holda tura oladi. 8- oy— mustaqil ravishda emaklay boshlaydi. A. Yurish, tirmashish, balandlikka chiqish, buyum va o‘ymchoqlami irg‘itish harakatlarining rivojlanishi. 45 4- 5,5 oylik — qo‘ltig‘idan ushlab turilganda qadam tashlaydi. 8- oy— ikki qo lidan ushlab turilganda qadam tashlaydi. 9- oy— harakatlanmaydigan tayanch narsalami ushlagan holda qadam tashlay oladi. 10- oy— narvonchaga qo‘l-oyoqlarini tiragan holda emaklab chiqa oladi. Aravacha ketidan yura oladi Mavzu: Kechiktirib bo’lmaydigan shoshilin holatlarda yordam ko’rsaiish 1. Shoshilinch yordam haqida tushuncha 2. O’tkir nafas yetishmasligida shoshilinch yordam . Kasalliklar yoki favqulodda ta’sirotlar (travmalar, zaharlanishlar, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish va turmushdagi favqulodda holatlar va b.) natijasida o’tkir ravishda kelib chiquvchi va zudlik bilan shoshilinch ravishda tegishli tibbiy yordam ko’rsatilmasa inson hayotiga xavf soluvchi holatlami kechiktirib bo’lmaydigan holatlar deb ataladi va xuddi ana shunday holatlarda ko’rsatiladigan tibbiy yordamni shoshilinch yoki kechiktirib bo’hnaydigan tibbiy yordam deb ataladi. Shoshilinch yordam deganda hayot uchun xavf tug’diradigan turli kasallik yoki shikaslanishlami bartaraf etish yoki oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmui tushuniladi. Shoshilinch yordam zamrati bo’lgan holatlarga odam hayoti uchun bevosita yoki ehtimolli xavf tug’diruvchi, hamda ayni paytda shunday xavf tug’dirmaydigan, lekin og’ir subyektiv aziyatlar keitirib chiqaruvchi holatlar ham kiritiladi. Bunday «shoshilinchlik» simptomlariga og’riq, qusish, ich kelishining buzilishi, hansirash, asfiksiya, qon oqishlar, yurak qon-tomir tizimi funktsiyasi yoki asab tizimi ftinktsiyasi (bosh og’riqlari, bosh aylanishi, talvasalar)ning o’tkir buzilishi belgilari, komatoz holatlar, o’tkir anuriya va boshqalar kiradi. «O’ta shoshilinch» holat deb klinik o’limni hisoblash mumkin. Klinik o’lim yurak faoliyati, nafas va bosh miya po’stlog’i faoliyatining to’satdan to’xtab qolish holatidir, 3-5 daqiqa davomida bunday odamlami hayotga qaytarish, tiriltirish (reanimatsiya) mumkin. Shunday ekan, tibbiyot hamshiralari o’z faoliyatlarida ko’p marta kuzatilishi mumkin bo’lgan shoshilinch holatlami - ulaming sabablarini, belgilarini differensial baholashni, shoshilinch yordam choralarini bevosita o’zlari yoki vrach bilan hamkorlikda o’tkaza olishni puxta egallashlari lozim. Yordam beruvchi hamshiraning barcha hatti-harakatlari maqsadga muvofiq, puxta o’ylangan, qat’iy, tez va vazmin bo’lishi kerak. 1. Eng awal shoshilinch holatga tushib qolgan bolaning ayni paytdagi sharoitiga baho berish va ushbu holatga olib keluvchi sabablami bartaraf etish choralarini ko’rish (suvdan, yonib turgan xonadan olib chiqish, gaz yig’ilgan xonadan chiqarish, yonib turgan kiyim boshni o’chirish, elektrdan shikastlanishda elektr toki liniyasidan ajratish, zaharlovchi vositaning organizmga kirishi va so’rilishini to’xtatish) kerak. 2. Shoshilinch yordamga muhtoj bolaning ahvoliga tez va to’g’ri baho berish zarur. Buning uchun ushbu holat sababini, vaqtini,joyini aniqlash muhim. Ko’zdan kechirish jarayonida bemoming tirik yoki o’likligi aniqlanadi, shikastlanish turi va og’ir-yengillik darajasi belgilanadi. 3. Bemomi ko’zdan kechirish bilan shoshilinch yordamni nimadan boshlash zaruriigi aniqlanadi. 4. Shoshilinch yordam ko’rsatishda bemorga qo’shimcha shikast yetkazmay to’g’ri munosabatda bo’lishning ahamiyati nihoyatda katta. 5. Dori-darmonlami to’g’ri tanlash, ketma-ketligiga e’tibor berish, ayniqsaog’irholatdagi bemorlami ehtiyotlik bilan parvarish qilish hamshiraning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 6. Ba’zan bemor birdan og’irlashib qolishi mumkin. Bunday paytlarda hamshiraning barcha xatti-harakatlari juda aniq va puxta bo’lishi zarur. Qanday hodisa ro’y berSa ham (shovillab qon ketishi, yurak ritmining to’satdan izdan chiqishi, hiqildoqning birdan shishib ketishi), bemor oldida sarosimaga tushmaslik, vahima qilmaslik kerak. 7. Shoshilinch vaziyatlar yuzaga kelganda bo’lim mudiri yoki vrach kelguncha shu palata hamshirasi buymq berib, yo’l-yo’riqlar ko’rsatib turadi. Bu xodimlarning ko’rsatmalari shu zahoti va so’zsiz bajarilishi shart. Ushbu bobda hamshiralarquyidagilamibilibolishgaerishadilar: ko’p uchraydigan patologik sindromlarva holatlaming asosiy belgilarini, shoshilinch yordam prinsiplari asoslarini va kasalliklarni davolashni, bemorlami kuzatish va parvarish qilishni, 47 bemoming ahvolini kasallik belgilariga qarab baholashni, shoshilinch yordam ko’rsatish hajmini aniqlashni, kuzatish va parvarish qilish rejasini tuzishni, zarur bo’lgan muolajalami bajarishni. Shoshilinch yordam ko’rsatish jarayonida hamshiralik tashxislarining ahamiyati juda katta. Chunki hamshira bemor holatiga to’g’ri baho bera olishi va to’g’ri xulosalar chiqarib aniq choratadbirlami ko’rishi lozim. Yurakni bilvosita (tashqi) massaj qilish. Bilvosita massaj qilishning asosiy mohiyati yurakni to’sh va umurtqa pog’onasi orasida ritmik siqishdan iborat bo’lib, bunda qon chap qorinchadan aortaga haydab beriladi. Natijada bu qon bosh miyaga boradi, o’ng qorinchadagi qon esa o’pkaga tushib kislorodga to’yinadi. To’shga bosim berish to’xtatilsa, yurak bo’shliqlari yana qongato’ladi. Yurakni bilvosita massaj qilishda bemor qattiq joyda (pol, yerda) chalqancha yotgan holatda bo’ladi. Massaj qiluvchi bemorning yon tomonida turib qo’l kaftlarini ustma-ust qo’ygan holda to’shni umurtqa pog’onasi tomon kuch bilan minutiga 60-70 marta (bolalarda yoshiga qarab) bosadi. Qo’llari to’shning uchdan bir pastki qismida, ya’ni xanjarsimon o’simtadan 2 barmoq yuqoriroqda turishi kerak. Bolalarda yurakni massaj qilish bir qo’l bilan amalga oshiriladi, emadigan go’dak bolalarda esa ikki barmoq uchida o’tkazish mumkin . Kattalarda massaj o’tkazishda qo’llar bilan birga butun gavda ham qatnashishi kerak Agar massajni bir kishi o’tkazayotgan bo’lsa, har 15 marta massajdan so’ng 2 marta, bordi-yu ikki kishi qatnashayotgan bo’lsa, har 5 marta massajdan keyin 1 marta og’izdan- og’izga yoki og’izdan-burunga sun’iy nafas beriladi Yurak massaji katta qon tomirlarda pulsning paydo bo’lishi, arterial bosimning 60-80 mm simob ustunidan oshishi, qorachiqlaming torayishi va ulaming yorug’likka javob bera boshlashi, teri rangning o’z holiga qaytishi, mustaqil nafasning tiklanishiga yordam Og’izdan-og’izga sun’iy nafas berish. Sun’iy nafas oldirish uchun bemor chalqanchasiga yotqizilishi, nafas yo’llarini ochib qo’yish uchun boshini orqaga egish va pastki jag’ni oldinga surish zarur. Qisib turgan kiyimlar bo’shatiladi. Reanimatsiya o’tkazayotgan kishi chuqur nafas olib, og’zini bemor og’ziga mahkam bosadi va uning o’pkasiga havo puflaydi. Bo’sh turgan qo’l biian esa bemorning burni qisib turiladi. Nafas o’zicha passiv ravishda, ko’krak qafasining elastik kuchlari hisobiga chiqariladi. Nafaslar soni minutiga 16-20 martadan каsh bo’lmasligi kerak (bolalarda yoshiga qarab ko’proq bo’ladi). Bolalarda sun’iy nafas oldirishda o’pkasining tiriklik sig’imi kichikroq bo’lishini hisobga olish kerak (81 rasm). Sun’iy nafas oldirishda nafas bilan olinayotgan havo me’dani ortiqcha cho’zib yubormasligini kuzatib borish zarur. Og’izdan-og’izga nafas berayotganda doka salfetka, ro’molcha yoki boshqa biror yupqa matoni bemor og’ziga tutib qo’yish kerak. Ana shu maqsadlarda maxsus havoo’tkazgich (vozduxovod)dan foydalaniladi. Sun’iy nafas oldirishning samaraliligini ko’krak qafasining harakati bo’yicha va bemor rangining qizg’ish tus olishiga qarab aniqianadi. O’tkir nafas yetishmasligida shoshilinch yordam . O’tkir nafas yetishmovchiligi organizmda gaz almashinuvining buzilishi bilan kechadigan holat bo’lib, bir qator kasalliklarda, jumladan: markaziy nerv sistemasi shikastlarida, nafas mushaklari falajlanishida, muhit havosida 02 yetishmasligi tufayli, zaharli gazlardan zaharlanishlarda, surunkali yurak- o’pka kasalliklarida, kichik qon ayianish doirasi xastaliklarida, nafas yo’llari o’tkazuvchanligi buzilganda kuzatiladi. Klinikasi. Yengi! darajasida bemor havo yetishmasligiga shikoyat qiladi. Bezovtalanadi, yengil sarxush - mast holatda. Terisi ho’l oqarinqiragan, akrotsianotik belgilar kuzatilishi mumkin. Nafasi daqiqasiga 25-30 marta. Qon bosimi biroz pasaygan. O’rta og’ir darajasida bemor o’ta qo’zg’olgan, alaxlash va gallyutsinatsiya kuzatiladi. Terisi qizg’ish ko’kimtir tusda, mo’l-ko’l ter bosgan. Nafas olish soni daqiqasiga 35-40ta atrofida. 48 Nafas aktida yordamchi mushaklar is'ntirok etadi.Og’ir darajasida bemor komaga tushib qoladi. Klonik - tonik talvasa kuzatiladi. Ko’z qorachiqlari kengaygan. Terisi nuqtasimon tsianotik Adabiyotlar ro’yxati 1.The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium 2. M.N.Ismoilov., “Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi”, T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” 1994 y. 3. O.Raxmatov., “Bolalar yuqumli kasalliklari”. T.:Cho‘lpon. 2008y 4. T.S.Usmonxo‘jaev., M.T.Toirova “Kichkintoylarni gigienik tarbiyalash”. T.:O‘qituvchi. 1997 y. 5. S.X.Aripova.,“Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”.T.: Fan va texnologiya. 2010 y. 49 Mavzu: Bolalarni chiniqtirishga doir amaliy konikmalar 1.Chiniqtirish va uning qoidalari 2. Chiiniqtirish va uning turlari Chiniqtirish va uning asosiy qoidalari Bolalar salomatligini mustahkamlashning eng muhim usullaridan biri chiniqtirish bo‘lib, uni atrof-muhitning zararli ta’sirlariga organizm chidamini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Chiniqtirish trenirovkaga asoslanadi. Bordi-yu, bolaning organizmiga qandaydir iqlimiy omil bilan oldiniga qisqa-qisqa, keyin ko‘proq dozada va uzoq vaqt muntazam ta’sir qilib borilsa, u holda organizm o‘zining himoya reaksiyalarini takomillashtirib mazkur omilga nisbatan chidamli bo‘lib qoladi. Bolalarda o'zgarib turuvchan ob-havo omillariga: harorat, havoning namligi va harakati, quyosh nuriga nisbatan chiniqish juda muhim sanaladi. Chiniqtiruvchi muolajalami muntazam olib turilsa organizm- ning sovuq qotishiga nisbatan javob reaksiyasi yetilib boradi, bolalar kamroq shamollaydigan bo‘ladi. Bolani chiniqtirish boshlanar ekan, uning asosiy qoidalarini yaxshi bilish kerak: 1. Chiniqtiruvchi muolajalami tanlashda bolalarga nisbatan individual yondashuvbo‘lishi kerak. Bunda bolaning yoshi, sog‘lig‘i, boshidan kechirgan kasalliklari, jismoniy rivojlanishi, oliy asab faoliyatining tipi hisobga olinadi. 2. Chiniqtirishni asta-sekin boshlash kerak. Bordi-yu, chiniqtirishni suv yoki havo bilan olib boriladigan bo‘lsa, u holda ulaming harorati asta-sekin pasaytirib, vaqti esa oshirib boriladi. 3. Chiniqtiruvchi muolajalami muntazam ravishda, ya’ni uziuksiz, butun yil davomida, yaxshisi, kunning ma’lum bir soatlarida olib borilishi kerak. 4. Barcha chiniqtiruvchi muolajalami uyqudan keyin va faqat bolani ruhiy kayfiyati yaxshi bo‘lib turganda qo‘llash yaxshi samara beradi. Chiniqtirishning barcha usullarini umumiy va maxsus qismlarga ajratiladi. Chiniqtirishning umumiy usuli bola hayotining birinchi kunlaridan boshlanib, u hech qanday maxsus tadbirlami talab qilmaydi. Chiniqtirishning umumiy usullariga keng doirada aeratsiya rejimi, sayr, bolalami cho‘miltirish, ratsional kiyintirsh kabilar kiradi. Chiniqtirishning maxsus usullariga esa tabiatning tabiiy kuchlari: havo, suv va quyosh radiatsiyasidan chiniqtiruvchi omil sifatida foydalanish kiradi. Chiniqtirishning umumiy va mahalliy, faol va sust turlari mavjud. Umumiy chiniqishda - chiniqtiruvchi omil organizmning barcha sohalariga bir vaqtning o‘zida ta’sir qildiriladi. Mahalliy chiniqishda esa chiniqtiruvchi omil organizmning ma’lum bir alohida olingan sohalarigagina ta’sir ko‘rsatadi. Faol chiniqish - chiniqtiruvchi omillami sun’iy ravishda paydo qilish yoki yaratish yo‘li bilan amalga oshirilsa, sust (passiv) chiniqishda esa organizm har kunlik hayot tarzi davomida tabiatning iqlimiy o'zgarishlariga o‘zi bilmagan holda chiniqib boradi. Bolalarni havo bilan chiniqtirish Bolalami havo bilan chiniqtirishda havo vannalarini tinch va harakat qildirish yo‘li bilan tashkil qilinadi. Tinch holatdagi havo vannasini asosan go‘dak bolalarga - 2-3 haftalik davridan boshlab, harorati 22°C bo‘lgan, oldin bir sidra shamollatib olingan xonada amalga oshiriladi. Dastlab bolani kuniga 1-2 daqiqadan 2-3 marta yechintirib qo‘yiladi, keyin chiniqtirish vaqtini asta-sekinlik bilan 15 daqiqaga yetkaziladi, xona haroratini esa asta-sekin 16-17°C ga tushiriladi. Ko'krak yoshidagi bolalami havo vannasini, odatda, uqalash yoki quruq artish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Bog‘cha yoshidagi bolalami yoz kunlari ochiq havoda sayr qildirib ham chiniqtirsa bo‘ladi. Bolalarni suv bilan chiniqtirish Bolalarni suv bilan chiniqtirish artinish, yuz-qo‘llarni yuvish, oyoqlardan va umuman, ustdan suv quyish, tomoqni chayish, soy, daryo va dengizda cho'milish kabi muolajalar bilan amalga oshiriladi. 50 Artinish muolajasi 6 oylikdan oshgan bolalarda qo‘llaniladi. Oldin quruq artiladi, so‘ng namlangan qo‘l bilan suvni siqib tushirib artiladi. Artinish muolajasi quyidagicha bajariladi: qo‘l panjasidan yelkagacha, oyoq panjasidan songacha, so‘ng ko‘krak, qorin va belga o‘tiladi. Har qaysi gavda qismini artib bo‘lgandan keyin o‘sha joyni sochiq bilan to qizarguncha ishqalanadi. Suvning harorati (1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) oldiniga 33-35°C, keyin uni har 2-3 kunda 1-2°C tushirib borilib, 28-30°C gacha pasaytiriladi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 25-26°C va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun esa 16-18 °C gacha tushirish mumkin. Ustidan suv quyishga faqat 1,5-2 yoshdan boshlab o‘tiladi, suv ko‘zadan yoki dush yordamida quyiladi. Chiniqtirish boshida suv harorati 33-35°C, keyin uni 27-28°C gacha, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun esa 22-25°C gacha sekin-asta pasaytiriladi. Oyoqlarga ko‘zadan suv quyilgandan keyin ulami sochiq bilan to qizarguncha ishqab artiladi. Suvning harorati 32-30°C dan 16-18°C gacha pasaytiriladi. Bolalarni 3 yoshidan boshlab daryo, dengizlarda cho'miltira boshlash mumkin. Bunda qator qoidalarga rioya qilishga to‘g‘ri keladi: ovqatdan keyin, quyosh vannasi olgandan so‘ng cho'miltirish mumkin emas, uzoq cho'miltirish ham yaramaydi (2-3 daqiqadan 10 daqiqagacha mumkin, xolos). Suvning harorati 22°C dan past bo‘lmasligi kerak. Bolalarni quyosh nuri bilan chiniqtirish Quyosh nuri bilan chiniqtirish muolajasini ehtiyotlik bilan olib borish kerak, chunki undan ma’lum darajada foydalanilmasa, birinchi navbatda bolalaming markaziy asab tizimi zarar ko‘rishi mumkin, shuningdek, organizm issiqlab qolishi ham va hatto oftob urishi ham mumkin. Ko'krak yoshidagi bolalar uchun faqat olachalpoq va aks ettirayotgan (qaytayotgan) quyosh nurlaridan foydalanish mumkin. Yoshidan oshgan bolalarni quyosh nuri bilan faqat ertalab soat 9:00 dan 11:00 gacha vaqt oralig‘ida chiniqtirish mumkin. Quyosh vannasini bir necha daqiqagina, dastlab esa 10 daqiqagacha olinadi. Bunda bolaning qorni bilan ham, chalqanchasiga ham yotishi Adabiyotlar ro’yxati 1.Linda S. Costanzo. Physiology – fifth edition. Virgina, USA, 2013. 2.Francis M. Walters, A.M. Physiology and hygiene. D.C. Heath and Co. – Publishers. 2005 3.Carpenter R., Reddi B. Neurophysiology A Conceptual Approach. UK, Hodder Arnold, 2013 by Taylor & Francis Group, LLC – 339 p. 4.Codikov B.A., Kuchkarova L.S., Kurbanov SH.K. Bolalar va O’smirlar fiziologiyasi va gigienasi: Toshkent, O’zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2005.- 375 b.
Yüklə 23,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə